Bosh prokuror Turkiya prezidenti bilan uchrashdi

© Generalnaya prokuraturaO‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Turkiya prezidenti Tayip Rejep Erdog‘an
O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Turkiya prezidenti Tayip Rejep Erdog‘an  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2023
Obuna bo‘lish
Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh prokurorlari kengashining 2-yig‘ilishi doirasida Turkiya prezidenti va tashkilotga a’zo davlatlar Bosh prokurorlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi, deya xabar berdi prokuratura matbuot xizmati.
Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) bosh prokurorlari kengashining ikkinchi yig‘ilishi doirasida Turkiya prezidenti va tashkilotga a’zo davlatlar bosh prokurorlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
© Generalnaya prokuraturaO‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Turkiya prezidenti Tayip Rejep Erdog‘an
Soveta generalnix prokurorov Organizatsii turkskix gosudarstv sostoyalas vstrecha glav delegatsiy organov prokuratur s Prezidentom Tureskoy respubliki  Redjepom Tayipom Erdoganom.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2023
O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Turkiya prezidenti Tayip Rejep Erdog‘an
Qayd etilishicha, tadbir davomida Turkiya prezidenti yig‘ilish ishtirokchilariga tashkilot doirasida o‘zaro hamkorlikni faol qo‘llab-quvvatlab kelishayotganligi uchun minnatdorchilik bildirgan.
"Tashkilotga a’zo davlatlar bosh prokuraturalari rahbarlarining o‘zaro huquqiy hamkorligi uyushgan jinoyatchilikning bir qator turlariga qarshi kurashish bu‌yicha sa’y-harakatlarni birlashtirishga xizmat qilishi aytib o‘tildi", — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 24-oktabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti bosh prokurorlari kengashining “Xalqaro huquqiy yordam ko‘rsatishning huquqiy asoslari: muammolar va davlatlar tajribasi” mavzusiga bag‘ishlangan ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, TDT kotibiyati hamda Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0