https://oz.sputniknews.uz/20231024/xanchjou-2022-ozbekiston-delegatsiyasi-paraosiyo-oyinlarida-qanday-ishtirok-etmoqda-40287247.html
Xanchjou-2022: O‘zbekiston delegatsiyasi Paraosiyo o‘yinlarida qanday ishtirok etmoqda
Xanchjou-2022: O‘zbekiston delegatsiyasi Paraosiyo o‘yinlarida qanday ishtirok etmoqda
Sputnik O‘zbekiston
IV Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi medallar qo‘lga kiritishda davom etmoqda.
2023-10-24T18:01+0500
2023-10-24T18:01+0500
2023-10-24T18:01+0500
sport
o‘zbekiston
paraosiyo o‘yinlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/15/40188633_0:112:1200:787_1920x0_80_0_0_93c5b477db425b73d307805aae831890.jpg
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tayotgan IV Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi medallar qo‘lga kiritishda davom etmoqda.Para-yengil atletikaPara-yengil atletikaning uzunlikka sakrash dasturida T12 klassidagi bahslarda ishtirok etgan Doniyor Saliyev 7.28 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.Ayollar o‘rtasida nayza uloqtirish bo‘yicha F46 toifasida kechgan bellashuvlarda Shahina Yigitaliyeva oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ahamiyatlisi, 15 yoshli Yigitaliyevaga chempionlikni taqdim qilgan 40.90 metr natija ushbu yo‘nalishda Paraosiyo o‘yinlarining yangi rekordi sifatida qayd etildi.Para-taekvondoPara-taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Qudrat Haydarov bronza medalini qo‘lga kiritdi. Erkaklar o‘rtasida -63 kg vazn toifasida bahs olib borgan sportchi uchinchi o‘rin uchun bellashuvda Janubiy Koreya sportchisini 36:22 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.Para-taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Javohir Aliqulov ham o‘z nomini sovrindorlar qatoriga qo‘shib qo‘ydi. -70 kg vazn toifasida jang qilgan sportchi bronza medali uchun bellashuvda mo‘g‘ulistonlik raqibi ustidan ishonchli g‘alabaga erishib, uchinchi o‘rinni egalladi.Para-dzudoPara-dzudo bo‘yicha ayollar o‘rtasida J2 klassida -57 kg vazn toifasida kurashgan Kumush Xo‘jayeva bronza medaliga ega chiqdi. Xo‘jayeva uchinchi o‘rin uchun bahsda dzudo vatani hisoblangan Yaponiya vakilasidan 10:0 hisobida ustun keldi.Paraosiyo o‘yinlarida -73 kg vazn toifasidagi para-dzudo bahslarida qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasining a’zolari Feruz Saidov hamda Uchqun Quronboyev ham sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Yakunda finalgacha yetib borgan Saidov kumush, Quronboyev esa bronza medali egasiga aylandi.Para-suzishErkaklar o‘rtasida S13 toifasida 400 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha kechgan bahsda Dmitriy Xorlin oltin, Firdavsbek Musabekov esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.Firdavsbek Musabekov, shuningdek, S13 klassida 100 metrga brass usulda suzish bellashuvlarida 1:08:36 daqiqa natija qayd etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/15/40188633_2:0:1199:898_1920x0_80_0_0_9cdf6dcc6f912bdb2121a6366b39d1e1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xanchjou-2022 o‘zbekiston delegatsiyasi
xanchjou-2022 o‘zbekiston delegatsiyasi
Xanchjou-2022: O‘zbekiston delegatsiyasi Paraosiyo o‘yinlarida qanday ishtirok etmoqda
IV Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi medallar qo‘lga kiritishda davom etmoqda.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tayotgan IV Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi medallar qo‘lga kiritishda
davom etmoqda. Para-yengil atletikaning uzunlikka sakrash dasturida T12 klassidagi bahslarda ishtirok etgan Doniyor Saliyev 7.28 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasida nayza uloqtirish bo‘yicha F46 toifasida kechgan bellashuvlarda Shahina Yigitaliyeva oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ahamiyatlisi, 15 yoshli Yigitaliyevaga chempionlikni taqdim qilgan 40.90 metr natija ushbu yo‘nalishda Paraosiyo o‘yinlarining yangi rekordi sifatida qayd etildi.
Para-taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Qudrat Haydarov bronza medalini qo‘lga kiritdi. Erkaklar o‘rtasida -63 kg vazn toifasida bahs olib borgan sportchi uchinchi o‘rin uchun bellashuvda Janubiy Koreya sportchisini 36:22 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Para-taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Javohir Aliqulov ham o‘z nomini sovrindorlar qatoriga qo‘shib qo‘ydi. -70 kg vazn toifasida jang qilgan sportchi bronza medali uchun bellashuvda mo‘g‘ulistonlik raqibi ustidan ishonchli g‘alabaga erishib, uchinchi o‘rinni egalladi.
Para-dzudo bo‘yicha ayollar o‘rtasida J2 klassida -57 kg vazn toifasida kurashgan Kumush Xo‘jayeva bronza medaliga ega chiqdi. Xo‘jayeva uchinchi o‘rin uchun bahsda dzudo vatani hisoblangan Yaponiya vakilasidan 10:0 hisobida ustun keldi.
Paraosiyo o‘yinlarida -73 kg vazn toifasidagi para-dzudo bahslarida qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasining a’zolari Feruz Saidov hamda Uchqun Quronboyev ham sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Yakunda finalgacha yetib borgan Saidov kumush, Quronboyev esa bronza medali egasiga aylandi.
Erkaklar o‘rtasida S13 toifasida 400 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha kechgan bahsda Dmitriy Xorlin oltin, Firdavsbek Musabekov esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Firdavsbek Musabekov, shuningdek, S13 klassida 100 metrga brass usulda suzish bellashuvlarida 1:08:36 daqiqa natija qayd etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.