Xanchjou-2022: O‘zbekiston para-kanoe terma jamoasining barcha a’zosi oltin medalga ega chiqdi

© NOKXanchjou-2022: O‘zbekiston para-kanoe terma jamoasining barcha a’zosi oltin medalga ega chiqdi
Xanchjou-2022: O‘zbekiston para-kanoe terma jamoasining barcha a’zosi oltin medalga ega chiqdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston para-kanoe terma jamoasi sovrinli o‘rinlar uchun kurashda Eron va Xitoy termalarini ortda qoldirishdi.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Xanchjou-2022 Paraosiyo o‘yinlarida para-kanoe musobaqalari yakunlandi. Mazkur dasturda ilk bor ishtirok etgan O‘zbekiston para-kanoe terma jamoasining barcha 6 nafar a’zosi oltin medalga sazovor bo‘ldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
© NOKPara-kanoisti Uzbekistana dokazali svoyo prevosxodstvo v Para Aziatskix igrax Xanchjou-2022
Para-kanoisti Uzbekistana dokazali svoyo prevosxodstvo v Para Aziatskix igrax Xanchjou-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2023
100 foizlik natija qayd etgan O‘zbekiston para-kanoe terma jamoasi ushbu yo‘nalishda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Ular sovrinli o‘rinlar uchun kurashda Eron va Xitoy termalarini ortda qoldirishdi.
Oltin medal sohiblari:
VL3: Shahzoda Mamadaliyeva;
VL2: Iroda Rustamova;
KL2: Azizbek Abdulhabibov;
KL3: Hasan Qo‘ldashev;
KL3: Shaxnoza Mirzayeva;
VL3: Haytmurod Sherqo‘ziyev.
© NOKPara-kanoisti Uzbekistana dokazali svoyo prevosxodstvo v Para Aziatskix igrax Xanchjou-2022
Para-kanoisti Uzbekistana dokazali svoyo prevosxodstvo v Para Aziatskix igrax Xanchjou-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2023
Yangiliklar lentasi
0