O‘zbekiston muftiysi Dog‘iston delegatsiyasi bilan uchrashdi — qanday masalalar muhokama etildi?

© Upravlenie musulman UzbekistanaO‘zbekiston muftiysi Dog‘iston delegatsiyasi bilan uchrashdi
O‘zbekiston muftiysi Dog‘iston delegatsiyasi bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2023
Obuna bo‘lish
Dog‘iston respublikasi hukumati: Dog‘istonda xizmat qilayotgan din peshvorlarining aksariyati Buxoro va Toshkent shaharlaridagi o‘quv dargohlarida ta’lim olgan.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi (O‘MI) raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davron Maqsudov Dog‘iston respublikasi hukumati raisi Abdulmuslim Abdulmuslimov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda O‘MI matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 13 ta diniy ta’lim muassasasida salohiyatli diniy soha kadrlari tayyorlanmoqda.
© Upravlenie musulman UzbekistanaO‘zbekiston muftiysi Dog‘iston delegatsiyasi bilan uchrashdi
Muftiy Uzbekistana vstretilsya delegatsiyey iz Dagestana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2023
O‘zbekiston muftiysi Dog‘iston delegatsiyasi bilan uchrashdi
"Dog‘iston Respublikasi hukumati raisi Abdulmuslim Abdulmuslimov ayni kunlarda Dog‘istonda xizmat qilayotgan din peshvorlarining aksariyati Buxoro va Toshkent shaharlaridagi o‘quv dargohlarida ta’lim olganini qayd etdi", — deyilgan xabarda.
Uchrashuvda diniy-ma’rifiy sohadagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va o‘zaro tajriba almashish uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Dog‘iston davlatiga taklif etildi.
Yangiliklar lentasi
0