Mirziyoyev to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi
14:53 24.10.2023 (yangilandi: 16:13 24.10.2023)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga bordi
Obuna bo‘lish
Prezident korxonadagi ish jarayoni bilan tanishdi. Bunday loyihalarning viloyat iqtisodiyoti va aholi bandligidagi ahamiyati haqida fikr bildirildi.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan tanishish maqsadida bugun, 24-oktabr kuni Qashqadaryo viloyatiga bordi. Davlat rahbari dastlab “Sulton Tex Group” klasterining to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Bu korxona umumiy qiymati 8 million 200 ming dollarlik loyiha evaziga o‘tgan yili ishga tushgan. Zamonaviy texnologiya va uskunalar samarasida yiliga 5 million dona tikuv-trikotaj mahsulotlari tayyorlash quvvati yaratilgan. Bugungi kunda sifatli tovarlar Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Polsha, Singapur, Rossiya kabi mamlakatlarga to‘liq eksport qilinmoqda.
Prezident korxonadagi ish jarayoni bilan tanishdi. Bunday loyihalarning viloyat iqtisodiyoti va aholi bandligidagi ahamiyati haqida fikr bildirildi. Mutasaddilarga bu sohada imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
5/8
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
5/8
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Aholi, ayniqsa, qishloq joylardagi odamlarga munosib turmush sharoitlari yaratish islohotlarimizning asosi bo‘lishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu yerda davlat rahbariga Shahrisabz, Kitob va Qamashi tumanlarida turizmni rivojlantirish loyihalari taqdimot qilindi. Qishloqlarda infratuzilmani yaxshilab, sayyohlik yo‘nalishlariga kiritib, aholi uchun daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.