Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukrainaga yangi yordam paketi borasida kelisha olmadi

© Sputnik / Aleksey VitviskiyYevropa Ittifoqi bayroqlari
Yevropa Ittifoqi bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2023
Obuna bo‘lish
Borrell: Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Ukrainaga harbiy yordamning yangi transhi bo‘yicha kelishib olishmadi.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Ukrainaga harbiy yordam uchun navbatdagi mablag‘ ajratish bo‘yicha kelisha olmadi. Bu haqida Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Lyuksemburgdagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Biz Ukrainaning favqulodda ehtiyojlari va ularni qanday qondirish mumkinligini muhokama qildik. <…> Biz Yevropa tinchlik jamg‘armasi doirasida harbiy yordamning sakkizinchi transhini ajratish muammosini haligacha hal qila olmadik, biz haligacha yechim topishga harakat qilmoqdamiz, lekin oxir-oqibat topamiz”, — dedi u.

Sentabr oyida Yevrokomissiya Ukrainani rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilishni moliyalashtirish uchun maxsus fond yaratish uchun 2024-yildan 2027-yilgacha bo‘lgan davr uchun qo‘shimcha 50 milliard yevro (17 milliard grant va 33 milliard kredit) ajratishni taklif qilgan edi.
Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi vitse-prezidenti Valdis Dombrovskisning ta’kidlashicha, kelasi yildan boshlab Yevropa yordami so‘zsiz bo‘lmaydi – uni olish uchun Kiyev hukumati rekonstruksiya rejasini, jumladan, islohotlar va sarmoyalarni tayyorlashi kerak.
Avvalroq Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal Yevropa Ittifoqidan makromoliyaviy yordamning to‘qqizinchi transhi olinganini e’lon qilgan, uning hajmi 1,5 milliard yevroni tashkil qiladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining bu yilgi umumiy budjet yordami 15 milliard yevroni tashkil etadi. Shu bilan birga, Ukraina moliya vaziri Sergey Marchenko mamlakat davlat budjeti taqchilligi oyiga besh milliard dollarga yaqin ekanligini ta’kidladi. Respublika o‘z mablag‘larining uchdan ikki qismini xorijiy kreditlar va grantlar hisobidan oladi, budjet xarajatlarining to‘rtdan uch qismi esa harbiy ehtiyojlarga to‘g‘ri keladi.
Yangiliklar lentasi
0