Dendroparkdan foydalanish qoidalari buzilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
07:52 24.10.2023 (yangilandi: 11:01 24.10.2023)
© Generalnaya prokuraturaBosh prokuratura “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi “Dendropark” yuzasidan bayonot berdi.
© Generalnaya prokuratura
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura: Dendroparkda daraxtlarni nobud qilish, yer ajratish va undan foydalanish qoidalari buzilgan.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi “Dendropark”dan foydalanish qoidalari buzilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya xabar berdi Bosh prokuratura.
Bosh prokuratura “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi “Dendropark” yuzasidan bayonot berdi. Unga ko‘ra, O‘rmon xo‘jaligi agentligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti hududida o‘simliklar dunyosi muhofazasi va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish ahvoli o‘rganildi.
© Generalnaya prokuraturaBosh prokuratura “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi “Dendropark” yuzasidan bayonot berdi.
Bosh prokuratura “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi “Dendropark” yuzasidan bayonot berdi.
© Generalnaya prokuratura
“O‘rganishda Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi (“Dendropark”) yer maydonlari mutaxassislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, daraxtlarni nobud qilish, yer ajratish va undan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ko‘plab holatlar aniqlandi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, o‘rganish ishlari Ekologiya, atrof - muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va boshqa mutasaddi davlat idoralari bilan hamkorlikda olib borilgan.
© Generalnaya prokuraturaBosh prokuratura “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi “Dendropark” yuzasidan bayonot berdi.
Bosh prokuratura “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi “Dendropark” yuzasidan bayonot berdi.
© Generalnaya prokuratura
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 198 (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) va 205 (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
© Generalnaya prokuraturaBosh prokuratura “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi “Dendropark” yuzasidan bayonot berdi.
Bosh prokuratura “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi “Dendropark” yuzasidan bayonot berdi.
© Generalnaya prokuratura
Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.