https://oz.sputniknews.uz/20231024/bolalar-ombudsmani-40275329.html
Bolalar ombudsmanining asosiy vazifalari belgilanadi
Bolalar ombudsmanining asosiy vazifalari belgilanadi
Sputnik O‘zbekiston
Qonun loyihasi bilan bola huquqlari bo‘yicha vakilning asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari hamda bola huquqini himoya qilish borasida boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlari ko‘zda tutilmoqda.Shuningdek, bolalar ombudsmanini saylash tartibi joriy etilyapti. Ya’ni Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan deputat va senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan 5-yil muddatga saylanadi. Bu lavozimga nomzod Oliy Majlis palatalariga prezident tomonidan kiritiladi.
2023-10-24T13:32+0500
2023-10-24T13:32+0500
2023-10-24T13:32+0500
jamiyat
bolalar ombudsmani
oliy majlis qonunchilik palatasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/18/40275422_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_9d0c77c47775d9627c5e98a6934b91ec.jpg
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.Qonun loyihasi bilan bola huquqlari bo‘yicha vakilning asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari hamda bola huquqini himoya qilish borasida boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlari ko‘zda tutilmoqda.Shuningdek, bolalar ombudsmanini saylash tartibi joriy etilyapti. Ya’ni Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan deputat va senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan 5-yil muddatga saylanadi. Bu lavozimga nomzod Oliy Majlis palatalariga prezident tomonidan kiritiladi.Bundan tashqari, bolalar ombudsmani ma’ruzasi Oliy Majlis palatalarining majlislarida har yili eshitilishi, bolaning buzilgan huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish hamda tiklash maqsadida sud jarayonlarida ishtirok etishi, voyaga yetmagan shaxs ishtirok etgan jinoyat ishi hujjatlari bilan tanishish va ulardan ko‘chirma nusxalar olishi, hukm bilan tanishib, voyaga yetmagan shaxs manfaatlarini ko‘zlab, prokuraturaga hukm ustidan protest bildirish haqida murojaat qilishi nazarda tutilmoqda.Deputatlarning qayd etishicha, qonun loyihasi qilinishi bilan bolaning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida bolalar ombudsmanining davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi kuchayadi. Bolaning shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy huquqlarini ta’minlanishiga xizmat qiladi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surayyo Rahmonova bolalar ombudsmani bo‘lgani xabar qilingan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/18/40275422_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_d94523cf21ad323b45ea67308f324a19.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bolalar ombudsmani bola huquqlari bo‘yicha vakil ma’lumot
bolalar ombudsmani bola huquqlari bo‘yicha vakil ma’lumot
Bolalar ombudsmanining asosiy vazifalari belgilanadi
Qonun loyihasi bilan bola huquqlari bo‘yicha vakilning asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari belgilanmoqda.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda
qabul qilindi. Qonun loyihasi bilan bola huquqlari bo‘yicha vakilning asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari hamda bola huquqini himoya qilish borasida boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlari ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, bolalar ombudsmanini saylash tartibi joriy etilyapti. Ya’ni Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan deputat va senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan 5-yil muddatga saylanadi. Bu lavozimga nomzod Oliy Majlis palatalariga prezident tomonidan kiritiladi.
Bundan tashqari, bolalar ombudsmani ma’ruzasi Oliy Majlis palatalarining majlislarida har yili eshitilishi, bolaning buzilgan huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish hamda tiklash maqsadida sud jarayonlarida ishtirok etishi, voyaga yetmagan shaxs ishtirok etgan jinoyat ishi hujjatlari bilan tanishish va ulardan ko‘chirma nusxalar olishi, hukm bilan tanishib, voyaga yetmagan shaxs manfaatlarini ko‘zlab, prokuraturaga hukm ustidan protest bildirish haqida murojaat qilishi nazarda tutilmoqda.
Deputatlarning qayd etishicha, qonun loyihasi qilinishi bilan bolaning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida bolalar ombudsmanining davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi kuchayadi. Bolaning shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy huquqlarini ta’minlanishiga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surayyo Rahmonova bolalar ombudsmani bo‘lgani
xabar qilingan edi.