https://oz.sputniknews.uz/20231024/bishkek-mdh-eoii-shht-davlatlar-hukumat-rahbarlari-40283221.html
Bishkekda MDH, YeOII va ShHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari uchrashadi
Bishkekda MDH, YeOII va ShHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari uchrashadi
Sputnik O‘zbekiston
Bishkekda 25-26 oktabr kunlari ShHT Hukumat rahbarlari kengashi, 26-27 oktabr kunlari esa MDH va Yevroosiyo hukumatlararo kengashi bosh vazirlarining majlislari bo‘lib o‘tadi.
2023-10-24T16:45+0500
2023-10-24T16:45+0500
2023-10-24T16:45+0500
iqtisod
mdh
yeoii
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/19/35353924_0:163:3065:1887_1920x0_80_0_0_c283bcf663a67370f2da060d0cea5674.jpg
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Bishkekda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) hukumat rahbarlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston.Bishkekda 25-26 oktabr kunlari ShHT Hukumat rahbarlari kengashi, 26-27 oktabr kunlari esa MDH va Yevroosiyo hukumatlararo kengashi bosh vazirlarining majlislari bo‘lib o‘tadi.YeOII davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida bosh vazirlar 30 ta masalani muhokama qilishadi, dedi Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi 6-siyosiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Nurlan Aripov brifingda.Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan mavzular orasida 2030–2045 yillarda integratsiyani yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, YeOII reyting agentligini yaratish va sanoat sohasida hamkorlik loyihalari bor.Hukumatlararo kengash yig‘ilishidan so‘ng bir qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. MDH sammitida hukumat rahbarlari Hamdo‘stlik doirasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni faollashtirish masalalariga ustuvor ahamiyat beradi. Bu haqda Rossiyaning MDHning nizom va boshqa organlaridagi doimiy vakili Andrey Grozov "Sputnik Belarus" radiosidagi suhbatda ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, MDH va YeOII o‘rtasida iqtisodiy sohada, KXShT va ShHT bilan xavfsizlik sohasida aloqalarni kengaytirish haqida ham gap ketmoqda. Bundan tashqari, kelgusi yilda Rossiyaning BRIKSga raisligini hisobga olgan holda, Hamdo‘stlikning ushbu uyushma bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirish yo‘nalishi davom ettiriladi.Eslatib o‘tamiz, ShHT tarkibiga turli maqomdagi sakkizta a’zo davlat – Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi. Yana to‘rtta davlat kuzatuvchi davlat maqomiga ega: Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston. MDHga Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston a’zo. YeOIIga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya kiradi. Bundan tashqari, O‘zbekiston, Moldova va Kuba tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/19/35353924_168:0:2899:2048_1920x0_80_0_0_206f99339ad0aff839bfef73188392de.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bishkek shht hukumat rahbarlari kengashi mdh yeoii
bishkek shht hukumat rahbarlari kengashi mdh yeoii
Bishkekda MDH, YeOII va ShHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari uchrashadi
Bishkekda 25-26 oktabr kunlari ShHT Hukumat rahbarlari kengashi, 26-27 oktabr kunlari esa MDH va YeOII bosh vazirlarining majlislari bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Bishkekda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) hukumat rahbarlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi
Sputnik Qirg‘iziston. Bishkekda 25-26 oktabr kunlari ShHT Hukumat rahbarlari kengashi, 26-27 oktabr kunlari esa MDH va Yevroosiyo hukumatlararo kengashi bosh vazirlarining majlislari bo‘lib o‘tadi.
YeOII davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida bosh vazirlar 30 ta masalani muhokama qilishadi, dedi Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi 6-siyosiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Nurlan Aripov brifingda.
Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan mavzular orasida 2030–2045 yillarda integratsiyani yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, YeOII reyting agentligini yaratish va sanoat sohasida hamkorlik loyihalari bor.
Hukumatlararo kengash yig‘ilishidan so‘ng bir qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. MDH sammitida hukumat rahbarlari Hamdo‘stlik doirasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni faollashtirish masalalariga ustuvor ahamiyat beradi. Bu haqda Rossiyaning MDHning nizom va boshqa organlaridagi doimiy vakili Andrey Grozov
"Sputnik Belarus" radiosidagi suhbatda ma’lum qildi.
"Bundan tashqari, bir qator budjet va moliyaviy masalalar muhokama qilinadi. Savdo-iqtisodiy sohadagi vaziyatni muhokama qilish yakunlari bo‘yicha bir qator muhim hujjatlarni tasdiqlash rejalashtirilgan. Kun tartibi imkon qadar xilma-xil bo‘lib, o‘zaro hamkorlikning ko‘plab sohalarini qamrab oladi: yuqori texnologiyalardan sport va madaniyatgacha”, — deya tushuntirdi Grozov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, MDH va YeOII o‘rtasida iqtisodiy sohada, KXShT va ShHT bilan xavfsizlik sohasida aloqalarni kengaytirish haqida ham gap ketmoqda. Bundan tashqari, kelgusi yilda Rossiyaning BRIKSga raisligini hisobga olgan holda, Hamdo‘stlikning ushbu uyushma bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirish yo‘nalishi davom ettiriladi.
Eslatib o‘tamiz, ShHT tarkibiga turli maqomdagi sakkizta a’zo davlat – Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi. Yana to‘rtta davlat kuzatuvchi davlat maqomiga ega: Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston.
MDHga Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston a’zo.
YeOIIga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya kiradi. Bundan tashqari, O‘zbekiston, Moldova va Kuba tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.