Xitoy Finlyandiya gaz quvuriga zarar bermagan — TIV vakili

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishStrani mira. Kitay
Strani mira. Kitay  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2023
Obuna bo‘lish
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi kemaning Baltissonnestor favqulodda vaziyatiga aloqadorligi haqida: biz tergovga umid qilamiz
TOShKENT, 23 okt – Sputnik. Favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda Gonkong kemasi shunchaki suzayotgan edi, uning atrofida hech qanday anomaliya qayd etilmgan, dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Ning Finlyandiya va Estoniya orasidagi "Balticconnector" gaz quvurida sodir bo‘lgan holat yuzasidan. RIA Novosti xabariga asosan.
XXR vakilining aytishiga ko‘ra, Xitoy va Finlyandiya bu masalada allaqachon o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Xitoy bu hodisa yuzasidan obyektiv tekshiruvga umid bildirdi.
Ma’lumot uchun, Finlyandiya jinoiy politsiyasi 20-oktabr kuni "Balticconnector" gaz quvuriga yetkazilgan zararni tergov qilishda asosiy e’tibor Gonkong bayrog‘i ostidagi suzayotgan “Newnew Polar Bear” kemasining roliga qaratilayotganini aytgan edi.

"Xitoy doimo transchegaraviy infratuzilma xavfsizligini birgalikda himoya qilish uchun xalqaro hamkorlikni kuchaytirish tarafdori bo‘lib kelgan. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan vaqtda Xitoy kemasi tegishli suvlarda odatiy navigatsiyani amalga oshirgan", - dedi diplomat.

Uning ta’kidlashicha, shu kuni dengizda ob-havo sharoiti yomonligi sababli kemada hech qanday anomaliya qayd etish imkoni bo‘lmagan. "Umid qilamizki, tegishli tomonlar imkon qadar tezroq faktlarni aniqlay oladilar", - dedi u.
Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy va Finlyandiya bu masala bo‘yicha allaqachon hamkorlik qilmoqda, “tegishli tomonlar imkon qadar tezroq sodir bo‘lgan voqeaning haqiqiy sababini o‘rnatishga va tergovning xolisligi, adolatliligi va professionalligini ta’minlashga umid qilamiz”, - dedi vakil.

Finlyandiya politsiyasi vakili Risto Lohining aytishicha, shikastlangan gaz quvuri hududida "o‘ta og‘ir narsa" topilgan va hozirda obyekt nima ekanligi va bu quvurga yetkazilgan zarar bilan bog‘liqmi yoki yo‘qligi o‘rganilmoqda. Tergov shuni tasdiqladiki, zarar tashqi mexanik kuch ta’sirida bo‘lgan va uni portlash oqibatida yuzaga kelgan deb taxmin qilishga asos yo‘q, - dedi Loh.

Estoniya va Finlyandiya o‘rtasidagi "Balticconnector" gaz quvurida 8-oktabrga o‘tar kechasi avariya sodir bo‘ldi. Keyin Finlyandiya operatori Gasgrid Finlyandiya gaz quvuri oqib chiqishi mumkin bo‘lganligi sababli ishlamayotganini ta’kidladi. Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistoning aytishicha, "Balticconnector"ga zarar tashqi ta’sirlar natijasida bo‘lgan. NATO ma’lumot to‘plash va zarar ko‘rgan ittifoqchilar bilan ma’lumot almashish paytida voqeani tergov qilishda yordam berishga tayyorligini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0