Toshkent viloyatida 6 ta mashina to‘qnashib ketdi - video

© Unsplash / Clark Van Der BekenRazbitiy avtomobil. Illyustrativnoe foto
Razbitiy avtomobil. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2023
Obuna bo‘lish
Avariyaga haydovchilar oraliq masofani saqlamagani sabab bo‘lgan.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida 6 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 21-oktabr kuni soat 20:00 larda tuman hududidan o‘tgan 4R-22 avtomobil yo‘lining 20-kilometrida sodir bo‘lgan.
Barcha mashinalar bir yo‘nalishda harakatlangan. To‘qnashuvga yomg‘irli havoda masofani saqlamaslik sabab bo‘lgan.
Haydovchilariga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hech kim jiddiy jarohat olmagani aytilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0