Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina maxsus xizmatlari MRB ko‘magida o‘nlab rossiyaliklarni o‘ldirgan — AQSh OAV

© Sputnik / StringerTablichka na zdanii Slujbi bezopasnosti Ukraini (SBU) v Kiyeve.
Tablichka na zdanii Slujbi bezopasnosti Ukraini (SBU) v Kiyeve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2023
Obuna bo‘lish
AQSh Markaziy Razvedka boshqarmasi Ukraina xavfsizlik xizmati tarkibida qotilliklar bilan shug‘ullanuvchi maxsus boshqarma tashkil etib, uni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Ukraina xavfsizlik xizmati (SBU) rossiyalik vatanparvar Darya Duginaning va yana o‘nlab kishilarning o‘ldirilishini uyushtirgan, deb yozmoqda AQShning "The Washington Post" gazetasi Ukraina va AQSh xavfsizlik xizmatlari xodimlarning so‘zlariga tayanib.
Maqolada aytilishiga ko‘ra, Dugina o‘ldirilishidan bir oy oldin Rossiya hududiga ukrainalik ayol va uning 12 yoshli qizi Rossiyaga kirib kelgan. Mashina ichida mushuk uchun qafas bo‘lgan va uning ichida portlovchi qurilma yashirilgan bo‘lgan.

Darya Dugina 2022-yil 20-avgust kuni kechqurun Moskva viloyatining Odinsovo tumanidagi Mojayskoe shossesida avtomobil portlashi oqibatida vafot etdi. Rossiya FXX ushbu qotillik ortida Ukraina maxsus xizmatlari turgani, jinoyatchi esa Ukraina fuqarosi Natalya Vovk ekanligini ma’lum qildi. Aslida ular Daryaning otasi, faylasuf va jurnalist Aleksandr Duginni o‘ldirmoqchi bo‘lishgan.

Maqolada aytilishiga ko‘ra, so‘nggi 20 oy ichida Ukraina xavfsizlik xizmati va Bosh razvedka boshqarmasi Rossiya tomonida bo‘lgan va maxsus operatsiyani qo‘llab-quvvatlagan kishilarga nisbatan o‘nlab qotilliklarni amalga oshirgan. Ular orasida Kiyevda bir necha jurnalistlar o‘ldirilishi, DXR va LXR rahbarlariga hujumlar, Krasnodarda sobiq suv osti kemasi kapitani o‘ldirilishi, Sankt-Peterburgda kafeda blogerga uyushtirilgan suiqasdlar bor, deyiladi maqolada.
Sentabr oyida SBUning sobiq boshlig‘i Valentin Nalivayichenko "Economist" jurnaliga ma’lum qilishiga ko‘ra, Qrim Rossiyaga qo‘shilganidan hamda DXR va LXR o‘z mustaqilligini e’lon qilganidan so‘ng 2015-yilda SBU tarkibida qotilliklar bilan shug‘ullanuvchi maxsus "Beshinchi boshqarma" tashkil etilgan (shu vaqtga qadar to‘rtta boshqarma bo‘lgan). Nalivaychenkoga ko‘ra, o‘shanda Ukraina rahbariyati "Rossiya hamkorlarini faqat qamoqqa olish yetarli emas" degan qarorga kelgan.

"Markaziy razvedka boshqarmasi SBU bilan birgalikda Rossiyaga qarshi "faol choralar" deb ataladigan operatsiyalar uchun SBUning mutlaqo yangi direksiyani yaratish ustida ishladi. Yangi bo‘linma prozaik ravishda “beshinchi direksiya” deb nomlangan. Keyinroq Britaniyaning MI6 bilan hamkorlik qilish uchun "oltinchi direksiya" ham qo‘shilgan”, — deyiladi nashrda.

AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) Ukraina Bosh razvedka boshqarmasining yangi “maxsus kuchlar” shtab-kvartirasini qurish va jihozlash uchun katta sarmoya kiritgan. Yangi boshqarma xodimlari Ukrainada ham, AQShda ham o‘qitilgan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan, deb yozadi "Vashington Post".

“Markaziy razvedka boshqarmasi Ukraina Bosh razvedka boshqarmasini “maxsus kuchlari” (spesnaz) va elektron josuslik bo‘limi uchun alohida yangi shtab-kvartira binolarini qurish uchun pul to‘lagan”, — deyiladi nashrda.

Shuningdek, MRB Ukraina Bosh razvedka boshqarmasiga josuslik uchun zarur jihozlarni olishda yordam bergan. Ukrainaliklar esa olingan ma’lumotlari bilan amerikaliklar bilan "o‘rtoqlashgan".
Bundan tashqari MRB ukrainalik "hamkasblarini" barcha kerakli razvedka ma’lumotlar bilan to‘liq ta’minlab turgan va ularga olingan axborotni qayta ishlashga yordam bergan.
Ana shunday hamkorlik natijasida ukraina maxsus xizmatlari Moskvaga dron hujumlari, Rossiya harbiy kemalariga ekipajsiz katerlar yordamida hujum qilish, Qrim ko‘prigida ikki marotaba terakt uyushtirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Odatda bundan operatsiyalar oldidan SBU MRBni xabardor qilgan, lekin amerikaliklarning javobi doim bir xil bo‘lgan "Biz bunda ishtirok etishni istamaymiz". Javob shunday bo‘lsada MRB SBU va Ukrainaning Bosh razvedka boshqarmasining Rossiya ichkarisida, tinch aholiga qarshi qartilgan, terrorchilik harakatlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etib kelmoqda.
"Vashington Post" mualliflari bunday faoliyatni boshqa davlatlar ichida ko‘plab qotilliklar uyushtirgan Isroilning "Mossad" maxsus xizmati faoliyatiga qiyoslagan.
Yangiliklar lentasi
0