Rossiyalik mashhur pianinochi Denis Matsuyev Toshkentda konsert berdi — video

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishNarodniy artist RF, pianist-virtuoz Denis Matsuyev
Narodniy artist RF, pianist-virtuoz Denis Matsuyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2023
Obuna bo‘lish
Konsert dasturida Betxoven, Shubert, Shopen, Moshkovskiy, Pulenc, Chaykovskiy va Raxmaninov kabi bastakorlar asarlari ijro etildi.
TOShKENT, 23 okt – Sputnik. Rossiyalik mashhur pianinochi Denis Matsuyev Toshkentda konsert berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
"O‘zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tgan konsertda Gendeldan Raxmaninovgacha bo‘lgan murakkab va rang-barang dasturni taqdim etildi.
Denis Matsuyev - rus pianino maktabi an’analarining davomchisi. Uning chiqishlari konsert dasturlarining izchil sifati, yangilik va badiiy talqinning teranligi bilan ajralib turadi.
Ma’lumot uchun, Rossiya madaniyatini chet elda taqdim etish bo‘yicha "Rossiya fasllari" xalqaro loyihasi har yili o‘tkaziladi. Uning vazifasi Rossiyani o‘zining boy madaniy merosi va an’analarini ehtiyotkorlik bilan saqlaydigan va rivojlantiruvchi mamlakat sifatida ko‘rsatishdir. "Rossiya fasllari" mavzusi va formati xilma xil: klassik musiqa konsertlari va teatr tomoshalaridan tortib kinofestivallar, badiiy ko‘rgazmalar va ta’lim loyihalarigacha.
Ushbu tadbir doirasida bir necha kun oldin Samarqandda rossiyalik mashhur dirijor Yuriy Bashmet ishtirokida simfonik orkestr konserti bo‘lib o‘tgan edi. Shuningdek, Toshkent shahrida Dog‘istonning mashhur "Lezginka" ansambli ham katta qiziqish bilan kutib olingan edi.
Yangiliklar lentasi
0