Qrim va Donbass Ukrainaga qaytmaydi. G‘arb nimanidir fahmlay boshladi

© Sputnik / Sergey Mamontov / Mediabankka o‘tishQrim yarim oroli ko‘rinishi. Arxiv surat
Qrim yarim oroli ko‘rinishi. Arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2023
Obuna bo‘lish
G‘arb yetakchilari o‘zlarining Rossiyaga nisbatan tajovuzkor da’vatlaridan voz kechib, Ukraina mojarosini tinchlik yo‘li bilan hal qilishni taklif qilishga o‘tdi.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden tufayli Ukraina G‘arb matbuoti sahifalariga yana qaytdi. 7-oktabrda Yaqin Sharq portlagandan so‘ng Ukraina bir muncha vaqt jahon ommaviy axborot vositalari sahifasidan butunlay yo‘qolgan edi. Bir hafta o‘tgach hatto "The New York Times" ham "Ukrainani qo‘llab-quvvatlash eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi" va endi faqat pastga tushadi, deb taklif qilishga majbur bo‘ldi.
Ammo o‘tgan juma kuni Baydenning xalqqa murojaati paydo bo‘ldi, unda u g‘alati tarzda Rossiya va HAMAS harakati o‘rtasida "o‘xshashliklarni" topdi. G‘arbning ko‘plab sharhlovchilari va tahlilchilari darhol keksa "erkin dunyo etakchisi"ning so‘zlarini keng tarqatishga shoshilishdi va jamoatchilikni Ukrainani qo‘llab-quvvatlash qanchalik muhimligiga ishontirishga urinishdi.
Ayniqsa, Kiyev rejimining mashhur yevropalik lobbistlari - Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson va fransuz rangli inqilob qo‘shiqchisi Bernard-Anri Levi qattiq harakat qildi. Ular hatto ikki tilda qo‘shma maqola yozib, unda jamoatchilikni ishontirishdi: G‘arb bir vaqtning o‘zida ham Isroilni ham Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi kerak. Ikkala janjalchining ham mavzuga qanchalik chuqur kirib borganning ularning "Avdeyevka" so‘zini astoydil takrorlashga harakat qilishidan bilsa bo‘ladi. Inglizcha versiyada "The Daily Telegraph" "Adviika" (Adviika) deb yozgan bo‘lsa, fransuz tilida "Le Figaro" sahifalarida - "Andiivka" (Andiivka) bo‘lib qolgan.

Boris Jonson o‘zini yanada faol ko‘rsatdi va "Daily Mail" sahifalarida o‘zining yana bir maqolasini chop etdi. Unda sobiq bosh vazir butun dunyoni Baydenning donishmand maslahatiga amal qilishga da’vat etdi. "Chunki barcha inson tashkilotlariga rahbar kerak". Eng kulgulisi Jonsonning ushbu maqolasi "The New European" nashri tomonidan uni "mamlakatga katta zarra keltirgan, o‘taketkan yolg‘onchi va sotqin" sifatida "The Shit List 2023"ning eng yuqori qatorlaridan o‘rin olganidan keyin e’lon qilindi.

Hozirda G‘arb matbuotida shunga o‘xshash maqolalar ko‘plab chop etilgan. Lekin bugungi kunda G‘arbda paydo bo‘layotgan Ukraina haqidagi yangi maqolalarda bitta g‘aroyib tendensiya paydo bo‘lgan. Kechagina "Rossiyani jang maydonida mag‘lab etish" va "Ukrainani 1991-yil chegaralarida tiklash" haqida so‘ylagan gazetalarning o‘zi bugun "mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish" va hatto "Moskvaga yon berish haqida" gapira boshladi. Yaqingacha buni tasavvur qilish qiyin edi!
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham xuddi ushbu tendensiyaga e’tibor qaratdi, Pekinda so‘zlagan nutqida bu haqida to‘xtalib o‘tdi:

"G‘arba tashqi siyosat yo‘nalishini belgilovchi va yaqinda Rossiyani jang maydonida strategik mag‘lubiyatga uchratish zarurligi haqida gapirgan mas’ul shaxslar, endi boshqacha ohagda gapira boshlashdi. Endi ular bu muammolarni tinch muzokaralar yo‘li bilan hal qilish kerakligi haqida gapirmoqdalar. Bu to‘g‘ri yo‘nalishdagi o‘zgarish <…> Buning uchun ularni maqtasa bo‘ladi”, - dedi Rossiya prezidenti.

Mana bir misol. "The Times" gazetasida taniqli britaniyalik jurnalist ("The Daily Telegraph"ning sobiq bosh muharriri) va harbiy tarixchi Maks Xastings Boris Jonson bilan bir xil chaqiriq bilan chiqdi. Uning "Dunyo Ukrainadan charchab qolishi mumkin emas" degan maqolasida shunday so‘zlar bor — "Agar Putinga Ukrainada g‘alaba qozonishga ruxsat berilsa, <…> bizning barcha demokratik davlatlarimiz qiymati tarixiy va fojiali bo‘ladi".
Ammo, muallif to‘satdan burilish qiladi. Bunday so‘zlarni bir necha oy oldin undan eshitishni tasavvur qilish ham qiyin edi: “(Ukrainaga — tahr.) Ommaviy hamdardlikni saqlab qolish uchun, quruq da’vatlar o‘rniga, urushni haqiqatga yaqin bo‘lgan yakunini topish kerak. "Lochin"lar (AQSh siyosatida hujum va agressiya tarafdorilari) nima desa ham Qrim va Donbass endi Ukraina safiga qaytmaydi. Hatto siyosatchilar buni istasa buni amalga oshira oladigan harbiy vositalar yo‘q.

Xo‘sh, agar G‘arbning asosiy gazetalari Rossiya tarkibiga kirgan hududlarni Ukrainaga qaytarish haqiqat emasligini tan olishni boshlagan bo‘lsa, bu ham xuddi shunday "to‘g‘ri yo‘nalishdagi o‘zgarish". Bundan tashqari, bunday nashrlar tobora ko‘payib bormoqda. Hatto "The Los Angeles Times" tahririyati ham yana "Ukrainadan charchash" mavzusini ko‘tarib "Rossiyaga ba’zi masalalarda yon berishni" yoqlab chiqqan.

Amerikalik taniqli jurnalist va "The Nation" jurnali noshiri Katrina Vanden Xuvelning fikricha, Bayden jamoasi asta-sekin Ukraina masalasida "jamoat harorati"ning o‘zgarishiga bo‘ysunishi kerak. Muallif shunday xulosaga keladi: “Ma’muriyat diplomatik yo‘l bilan Ukraina talvasasini to‘xtatish uchun harakat qilishi kerak, uni cho‘zish uchun emas”.

Uning yozishicha, (Rossiya tarafdori bo‘lmagan) "Eurasia" guruhi tadqiqotiga ko‘ra, amerikaliklarning 58 foizi allaqachon Oq uy Ukraina mojarosida qatnashayotgan tomonlarni tinchlik muzokaralariga undashi kerak, deb hisoblaydi. Ayniqsa, bunga qarshi chiqqanlarning ba’zilari buni shunday izohlaganlari qiziq: "Rossiyaning Ukraina hududiga qo‘ygan talablari qonuniydir va u o‘z maqsadlaridan chekinmasligi kerak". E’tibor bering, amerikaliklarning besh foizi allaqachon shunday fikrda!

"Ukrainadan charchash" mavzusi asta-sekin G‘arbning "Rossiya ustidan g‘alaba qozonish" orzusining amalga oshmasligi haqidagi tushunchaga aylana boshlaydi. Bu bu tushuncha allaqachon elitalar orasida keng tarqalgan degani emas - va Baydenning nutqi buning yorqin dalilidir. Ammo Kiyevning harbiy sarguzashtlarini moliyalashtirish haqida gap ketganda, Ukrainadan hali oz-moz narsa qolgan vaqti, Rossiya bilan zudlik bilan tinchlik muzokaralari zarurligi g‘oyasi tobora kuchayib bormoqda. "To‘g‘ri yo‘nalishdagi transformatsiya" endi boshlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0