Qatar Open: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalga ega chiqishdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. O‘zbekistonlik o‘smirlar "Qatar Open" turnirini 6 ta medal bilan yakunlashdi, deya xabar berdi O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi.
Qatar poytaxti Doxa shahrida 21-23 oktabr kunlari taekvondo WT bo‘yicha G1 tasnifiga kiruvchi "Qatar Open 2023" musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Ushbu musobaqaning o‘smirlar toifasidagi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etdi. Ular yakunda 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
© Assotsiatsiya txekvondo WTF Uzbekistana
Taekvondisti iz Uzbekistana zavoyevali shest medaley na turnire Qatar Open - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Assotsiatsiya txekvondo WTF Uzbekistana
Taekvondisti iz Uzbekistana zavoyevali shest medaley na turnire Qatar Open - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Assotsiatsiya txekvondo WTF Uzbekistana
Taekvondisti iz Uzbekistana zavoyevali shest medaley na turnire Qatar Open - Sputnik O‘zbekiston
3/3
Terma jamoa safida quyidagi sportchilar musobaqa sovrindoriga aylandi:
Oltin:
Laylo Hasanova (-49 kg)
Sevinch Hayitova (-59 kg)
Xudoynazar Shodmonov (-78 kg).
Kumush:
Ahmad Solihov (-59 kg)
E’zoza Naimova (-55 kg)
Bronza:
Yosinbek Odilov (-45 kg).
Yangiliklar lentasi
0