O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasini qariyb 44,8 mlrd dollarga yetkazdi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishLineyniy grafik
Lineyniy grafik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2023
Obuna bo‘lish
Tashqi savdo aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 22,1 %ga oshdi.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. O‘zbekiston 9 oyda tashqi savdo aylanmasi hajmini qariyb 44,8 mlrd dollarga yetkazdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Shu yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 44,7 mlrd dollardan oshgan.

“Tashqi savdo aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 22,1 %ga oshgan”, —deyiladi xabarda.

Eksport ko‘rsatkichi 17,7 mlrd, import esa 27,0 mlrdga teng bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 14,8 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan edi.
Yangiliklar lentasi
0