Navoiyda noqonuniy mayning fermasi aniqlandi — u davlatga qancha zarar keltirdi?

© Sputnik / Yevgeniy KozirevMayning
Mayning - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2023
Obuna bo‘lish
Mayning qurilmalari quvvati 630 kVAga teng 2 ta transformatorga o‘zboshimchalik bilan ulangan.
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Navoiy viloyatida davlat manfaatlariga 24 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgan noqonuniy mayning fermasi faoliyati to‘xtatildi, deya xabar berdi Enegretika vazirligi.
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi qurilishi tugallanmagan binoda o‘tkazilgan nazorat tadbirida mayning qurilmalaridan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Xususan, fuqaroga tegishli umumiy iste’mol quvvati 840,4 kVtni tashkil etadigan mayning qurilmalari quvvati 630 kVAga teng 2 ta transformatorga o‘zboshimchalik bilan ulangan.

"Holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, 24 mlrd 415 mln 300 ming so‘m qayta hisob-kitob qilindi", — deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Xabarda aytilishicha, hududlarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida ham Navoiyda noqonuniy mayning ferma aniqlangandi. Unda oilaviy korxona egasi uy sharoitida 111 dona mayning qurilmalaridan foydalangan holda davlat manfaatlariga 984 mln so‘m miqdorida zarar keltirgan.
Mayning - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2023
Mayning faoliyati quyosh energiyasi bilan amalga oshiriladi — nizom
Yangiliklar lentasi
0