Ozarbayjonda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada “Hududiy elektr tarmoqlari” jamoasi g‘olib bo‘ldi

© Ministerstvo energetikiOzarbayjonda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada “Hududiy elektr tarmoqlari” jamoasi g‘olib bo‘ldi
Ozarbayjonda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada “Hududiy elektr tarmoqlari” jamoasi g‘olib bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2023
Obuna bo‘lish
Musobaqada Ozarbayjon, Turkiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tatariston va Qirg‘iz Respublikalarining energetika kompaniyalaridan professional mutaxassislar ishtirok etdi.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Ozarbayjonda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 7 ta davlat energetika kompaniyalari ichida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ozarbayjonda Geydar Aliyev tavalludining 100-yilligi munosabati bilan “Taqsimlash tarmoqlarida raqamli transformatsiya” mavzusida turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlar energetiklari o‘rtasida “Hadrut-2023” musobaqasi tashkil etildi. Unda O‘zbekiston nomidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi ishtirok etdi.
Musobaqada Ozarbayjon, Turkiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tatariston va Qirg‘iz Respublikalarining energetika kompaniyalaridan professional mutaxassislar ishtirok etdi.
Musobaqalarning barcha shartlarida yuqori natijalarni ko‘rsatgan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi g‘olib deb topildi.
Ma’lumot uchun, turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlar energetiklarining navbatdagi musobaqasi Tataristonda o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0