Nodirbek Yakubboyev Qatar Masters Chess-2023 chempioni bo‘ldi

© O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatiNodirbek Yoqubboyev
Nodirbek Yoqubboyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2023
Obuna bo‘lish
U tay-breyk bahsida Nodirbek Abdusattorovni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yakubboyev Qatar Masters Chess-2023 chempioni bo‘ldi. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi direktori, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev Telegram sahifasida ma’lum qildi.
Umumiy ro‘yxatda reyting bo‘yicha 19-o‘rinda bo‘lgan Nodirbek Yakubboyev yakunda nufuzli musobaqa g‘olibiga aylandi. U tay-breyk bahsida Nodirbek Abdusattorovni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
“Qatar Masters” shaxmat turniri Qatarda 11-oktabrdan start olgandi.
Yangiliklar lentasi
0