https://oz.sputniknews.uz/20231021/mirziyoev-yth-oqibatida-olim-va-jarohatlanish-holatlari-kopligini-tanqid-qildi-40191872.html
Mirziyoyev YTH oqibatida o‘lim va jarohatlanish holatlari ko‘pligini tanqid qildi — video
Mirziyoyev YTH oqibatida o‘lim va jarohatlanish holatlari ko‘pligini tanqid qildi — video
Sputnik O‘zbekiston
Mas’ullarning qoniqarsiz faoliyatiga deputatlar befarq bo‘lib o‘tirgani ham afsus bilan qayd etildi.
2023-10-21T17:03+0500
2023-10-21T17:03+0500
2023-10-21T17:03+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
yth
tanqid
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/16/39230630_0:12:1280:732_1920x0_80_0_0_782f750e9002b3c6058b25047bbafdcc.jpg
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Kecha, 20-oktabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘llardagi harakat xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyat ancha ayanchli ahvolda ekanini ko‘rsatib o‘tdi.Prezident yo‘l-transport hodisalari oqibatida o‘lim va jarohatlanish holatlari ko‘pligini, tegishli rahbarlar bunga loqayd bo‘lib o‘tirganini jiddiy tanqid qildi.Mas’ullarning qoniqarsiz faoliyatiga deputatlar befarq bo‘lib o‘tirgani ham afsus bilan qayd etildi.Prezident misol sifatida Xitoy poytaxti Pekin va Rossiya poytaxti Moskvadek yirik shaharlarda tirbandlik deyarli kuzatilmasligini tilga oldi, O‘zbekistonda ham shunga intilish shartligini ko‘rsatib o‘tdi.Umuman, transport vaziri va boshqa mutasaddilarga jamoat transportini rivojlantirish, svetoforlar va yo‘l chiziqlarini o‘rnatish, tirbandlikning oldini olish, poytaxt ko‘chalari va hududlardagi yo‘llarni tartibga solish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish topshirildi. 2024-yil bu borada jiddiy o‘zgarishlar yili bo‘lishini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/16/39230630_108:31:1064:748_1920x0_80_0_0_0ff8808393983a22fdb4de13d9627c95.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev yth
Mirziyoyev YTH oqibatida o‘lim va jarohatlanish holatlari ko‘pligini tanqid qildi — video
Mas’ullarning qoniqarsiz faoliyatiga deputatlar befarq bo‘lib o‘tirgani ham afsus bilan qayd etildi.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Kecha, 20-oktabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘llardagi harakat xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyat ancha ayanchli ahvolda ekanini
ko‘rsatib o‘tdi. Prezident yo‘l-transport hodisalari oqibatida o‘lim va jarohatlanish holatlari ko‘pligini, tegishli rahbarlar bunga loqayd bo‘lib o‘tirganini jiddiy tanqid qildi.
“Yoshlar o‘lyapti, 4000 ta, 4200 ta odam avariyadan o‘lyapti. Bekordan bekor. Sen ham, transport vaziri bo‘la turib, shunga befarq bo‘lmasdan, prezident qabul qilgan qarorini, svetoforlarni joy-joyiga qo‘yishga mas’ulmisan, yo‘qmi? Nimaga odamlar o‘lishi kerak chorrahalar to‘g‘irlanmagani uchun?” - deya savol qo‘ydi prezident transport vaziriga.
Mas’ullarning qoniqarsiz faoliyatiga deputatlar befarq bo‘lib o‘tirgani ham afsus bilan qayd etildi.
“Nimaga prezident tashvish qilib, hammani “yondirishi” kerak? Nimaga sizlar (deputatlar) “yonmaysizlar”? Shuncha odam o‘lib ketapti, ijtimoiy tarmoqlarga qarab bo‘lmaydi - dod-farod odamlar o‘lgani uchun. Ijtimoiy tarmoq degani - xalqni ovozi degani”, - dedi davlat rahbari.
Prezident misol sifatida Xitoy poytaxti Pekin va Rossiya poytaxti Moskvadek yirik shaharlarda tirbandlik deyarli kuzatilmasligini tilga oldi, O‘zbekistonda ham shunga intilish shartligini ko‘rsatib o‘tdi.
Umuman, transport vaziri va boshqa mutasaddilarga jamoat transportini rivojlantirish, svetoforlar va yo‘l chiziqlarini o‘rnatish, tirbandlikning oldini olish, poytaxt ko‘chalari va hududlardagi yo‘llarni tartibga solish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish topshirildi. 2024-yil bu borada jiddiy o‘zgarishlar yili bo‘lishini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.