AYoQShlarda AI-100 markali avtobenzin sotuvi boshlandi

© Sputnik / Konstantin MixalchevskiyZapravka benzinom
Zapravka benzinom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2023
Obuna bo‘lish
“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi “UNG Petro” MChJga qarashli AYoQShlarda AI-100 markali avtobenzin sotuvi boshlandi.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Kecha, 20-oktabrdan boshlab Toshkent shahridagi AYoQShlarda AI-100 markali avtobenzin sotuvi boshlandi. Bu haqda “UzbekNefteGaz Petro” Telegram kanalida xabar berildi.
Xabarga ko‘ra, “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi “UNG Petro” MChJga qarashli AYoQShlarda AI-100 markali avtobenzin sotuvi boshlandi.
Mazkur import mahsuloti hozircha Toshkentdagi Parkent bozori, Aloqa, Chinobod, General Uzoqov, Bodomzor, Qorasuv, Ahmad Donish, Cho‘pon-ota hududidagi mavjud AYoQShlarda sotuvga chiqarilgan.
Yangiliklar lentasi
0