Toshkentning Sergeli va Yashnobod tumanlarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatildi

© unsplash/KWON JUNHOGorashaya gazovaya plita.
Gorashaya gazovaya plita. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2023
Obuna bo‘lish
Poytaxtning Sergeli va Yashnobod tumanlari gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Toshkentning Sergeli va Yashnobod tumanlarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatildi, deya xabar berdi poytaxt hokimligi.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxtning Sergeli va Yashnobod tumanlari gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan ushbu tumanlarning ba’zi mahalla va ko‘chalarida 20-oktabr kuni gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Sergeli tumanida 10:00 dan 16:00 gacha:
Qumariq mahallasi;
Ulgurji iste’molchilar — 4 ta.
Yashnobod tumanida 11:00 dan 18:00 gacha:
Yangihayot ko‘chasidagi xonadonlar;
Ulgurji iste’molchilar — 5 ta.
Yangiliklar lentasi
0