https://oz.sputniknews.uz/20231020/tehnonikol-ozbekistonda-zavod-quradi-40180356.html
Rossiyaning eng yirik izolyatsion materiallar ishlab chiqaruvchisi O‘zbekistonda zavod quradi
Rossiyaning eng yirik izolyatsion materiallar ishlab chiqaruvchisi O‘zbekistonda zavod quradi
Sputnik O‘zbekiston
Texnonikol Angrenda yiliga 300 ming m3 tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi zavod quradi. Korxona 2025-yilda ishga tushishi rejalashtirilgan. 20.10.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-10-20T20:17+0500
2023-10-20T20:17+0500
2023-10-20T20:17+0500
iqtisod
rossiya
o‘zbekiston
investitsiya
biznes
o‘zbekiston - rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/14/40180828_0:78:826:542_1920x0_80_0_0_c5c468df79e2e437c77babec8cf50339.jpg
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Rossiyaning eng yirik izolyatsion materiallar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi "Texnonikol" O‘zbekistonda zavod quradi. Bu haqida Rossiyaning O‘zbekistondagi hamkorlik markazi "Rossotrudnichestvo" Sputnik muxbiriga ma’lum qildi. Rossiyaning "TexnoNIKOL" kompaniyasi Angren shahrida ekstrudirovka qilingan ko‘pikli polistiroldan (XPS) issiqlik izolyatsion materiallar ishlab chiqaruvchi zavod qurish bo‘yicha investitsiya loyihasi boshlanganini ma’lum qildi.Loyiha nafaqat zavod, balki mahsulot saqlanadigan omborxona qurish, shuningdek, 1,5 gektarga yaqin asfalt maydonchasini qurishni ham nazarda tutadi.Toshkentda quriladigan ishlab chiqarish korxonasi poydevor, ko‘milgan konstruksiyalar, pollar, fasadlar, tomlar va boshqa qurilish konstruksiyalarini izolyatsiyalash uchun mo‘ljallangan qalinligi 20 mm. dan 120 mm.gacha bo‘lgan XPS plitalarining to‘liq assortimentini ishlab chiqaradi.Aytish joizki, "Texnonikol" korporatsiyasi Rossiya va butun MDH bozorida eng yirik izolyatsion materiallar ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Korxona xilma xil va zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqaradi. Ular orasida rulonli top yopish materiallari, drenaj membranalari, polimer membranalar, xilma xil issiqlik izolyatsiya materiallari, kompozit va bitumli cherepitsa, qoraqog‘oz va ko‘plab turdagi germetiklar, yo‘l qurilishi uchun materiallar bor.Bugungi kunda "Texnonikol" tarkibiga Rossiya va xorijiy davlatlarga joylashgan 68 ta ishlab chiqarish maydonchasi va 20 ta o‘quv markazlari, 10 ta ilmiy-tadqiqot markazi ishlamoqda. Xodimlar soni 6000 dan ortiq.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/14/40180828_0:0:826:619_1920x0_80_0_0_ca2d753c8925e4907b8bc99fb27357d3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, rossiya, o‘zbekiston, investitsiya, biznes, o‘zbekiston - rossiya
iqtisod, rossiya, o‘zbekiston, investitsiya, biznes, o‘zbekiston - rossiya
Rossiyaning eng yirik izolyatsion materiallar ishlab chiqaruvchisi O‘zbekistonda zavod quradi
Texnonikol Angrenda yiliga 300 ming m3 tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi zavod quradi. Korxona 2025-yilda ishga tushishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Rossiyaning eng yirik izolyatsion materiallar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi "Texnonikol" O‘zbekistonda zavod quradi. Bu haqida Rossiyaning O‘zbekistondagi hamkorlik markazi "Rossotrudnichestvo" Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Rossiyaning "TexnoNIKOL" kompaniyasi Angren shahrida ekstrudirovka qilingan ko‘pikli polistiroldan (XPS) issiqlik izolyatsion materiallar ishlab chiqaruvchi zavod qurish bo‘yicha investitsiya loyihasi boshlanganini ma’lum qildi.
Loyihaga kiritilgan sarmoyaning umumiy hajmi 13 million dollardan ortiqni tashkil etadi. Yangi zavod qurilishi 2024-yilda boshlanishi va korxona 2025-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Korxona quvvati yiliga 300 ming kub metrga yaqin tayyor mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etadi.
Loyiha nafaqat zavod, balki mahsulot saqlanadigan omborxona qurish, shuningdek, 1,5 gektarga yaqin asfalt maydonchasini qurishni ham nazarda tutadi.
Toshkentda quriladigan ishlab chiqarish korxonasi poydevor, ko‘milgan konstruksiyalar, pollar, fasadlar, tomlar va boshqa qurilish konstruksiyalarini izolyatsiyalash uchun mo‘ljallangan qalinligi 20 mm. dan 120 mm.gacha bo‘lgan XPS plitalarining to‘liq assortimentini ishlab chiqaradi.
Aytish joizki, "Texnonikol" korporatsiyasi Rossiya va butun MDH bozorida eng yirik izolyatsion materiallar ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Korxona xilma xil va zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqaradi.
Ular orasida rulonli top yopish materiallari, drenaj membranalari, polimer membranalar, xilma xil issiqlik izolyatsiya materiallari, kompozit va bitumli cherepitsa, qoraqog‘oz va ko‘plab turdagi germetiklar, yo‘l qurilishi uchun materiallar bor.
Bugungi kunda "Texnonikol" tarkibiga Rossiya va xorijiy davlatlarga joylashgan 68 ta ishlab chiqarish maydonchasi va 20 ta o‘quv markazlari, 10 ta ilmiy-tadqiqot markazi ishlamoqda. Xodimlar soni 6000 dan ortiq.