https://oz.sputniknews.uz/20231020/sirdaryo-rossiya-20-mln-dollar-biotexnologik-majmua-40162364.html
Sirdaryoda Rossiya bilan hamkorlikda 20 mln dollarlik biotexnologik majmua quriladi
Sirdaryoda Rossiya bilan hamkorlikda 20 mln dollarlik biotexnologik majmua quriladi
Sputnik O‘zbekiston
Yangiyerda oqsilli ozuqa, oziq-ovqat qo‘shimchalari va biopolimer mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi.
2023-10-20T12:49+0500
2023-10-20T12:49+0500
2023-10-20T16:43+0500
o‘zbekiston
sirdaryo
rossiya
oziq-ovqat
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/14/40169620_0:233:3072:1961_1920x0_80_0_0_227fcdad1227d9d1f0f6d8b311ddca89.jpg
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida qiymati 20 mln dollarlik biotexnologik majmua barpo etiladi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.Viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Rossiyaning "IMPACT-BIO" kompaniyasi asoschisi Andrey Kirik va kompaniya direktori Ivan Savinsevni qabul qildi.Yuzma-yuz muloqotda 4-5 oktabr kunlari Tatariston Respublikasi Qozon shahrida o‘tkazilgan “O‘zbekiston–Rossiya o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikning III forumi” doirasida erishilgan dastlabki kelishuvlar muhokama qilindi.Kompaniya vakillari Yangiyer erkin sanoat zonasi hududida qiymati 20 million dollarlik oqsilli ozuqa, oziq-ovqat qo‘shimchalari va biopolimer mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish ustida ish olib borilayotgani xususida to‘xtalib o‘tdi.Agar zaruriy sharoitlar yaratilsa, mazkur loyihani amalga oshirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi.Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi doirasida O‘zbekiston va Rossiya hukumat muassasalari, uyushma va kompaniyalari orasida jami 24 ta hujjat imzolandi.
o‘zbekiston
sirdaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/14/40169620_313:0:3044:2048_1920x0_80_0_0_7a7cf3a4002e0ab99f4904cb1ed391c4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sirdaryo rossiya 20 mln dollarlik biotexnologik majmua oqsilli ozuqa oziq-ovqat qo‘shimchalari biopolimer mahsulotlari
sirdaryo rossiya 20 mln dollarlik biotexnologik majmua oqsilli ozuqa oziq-ovqat qo‘shimchalari biopolimer mahsulotlari
Sirdaryoda Rossiya bilan hamkorlikda 20 mln dollarlik biotexnologik majmua quriladi
12:49 20.10.2023 (yangilandi: 16:43 20.10.2023) Yangiyerda oqsilli ozuqa, oziq-ovqat qo‘shimchalari va biopolimer mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida qiymati 20 mln dollarlik biotexnologik majmua barpo etiladi, deya xabar berdi
viloyat hokimligi. Viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Rossiyaning "IMPACT-BIO" kompaniyasi asoschisi Andrey Kirik va kompaniya direktori Ivan Savinsevni qabul qildi.
Yuzma-yuz muloqotda 4-5 oktabr kunlari Tatariston Respublikasi Qozon shahrida o‘tkazilgan “O‘zbekiston–Rossiya o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikning III forumi” doirasida erishilgan dastlabki kelishuvlar muhokama qilindi.
Kompaniya vakillari Yangiyer erkin sanoat zonasi hududida qiymati 20 million dollarlik oqsilli ozuqa, oziq-ovqat qo‘shimchalari va biopolimer mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish ustida ish olib borilayotgani xususida to‘xtalib o‘tdi.
Agar zaruriy sharoitlar yaratilsa, mazkur loyihani amalga oshirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi.
"Viloyat hokimi rossiyalik hamkorlar tomonidan bildirilgan taklifni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu borada birgalikda olib boriladigan sa’y-harakatlar rejasini ishlab chiqishga kelishib olindi va o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi doirasida O‘zbekiston va Rossiya hukumat muassasalari, uyushma va kompaniyalari orasida jami 24 ta
hujjat imzolandi.