Qashqadaryoda dalasini ichimlik suvi bilan sug‘organ fermer 3-yilga qamaldi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishZaklyuchenniy. Illyustrativnoe foto
Zaklyuchenniy. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2023
Obuna bo‘lish
2010 yilda dehqon xo‘jaligi tashkil etgan fuqaro Talimarjon—Muborak magistral quvuriga noqonuniy ulanib, ichimlik suvi bilan ekinlarni sug‘orib kelgan.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Nishon tuman sudi 4-oktabr kuni 13-yil davomida ichimlik suvidan noqonuniy foydalangan shaxsga nisbatan hukm chiqardi. Bu haqda "O‘zsuvta’minot" matbuot xizmati xabar berdi
Balxiyak qishlog‘ida yashovchi fuqaro O‘.A. 2010-yilda fermer xo‘jaligi tashkil qilgan. Keyin Tolimarjon-Muborak magistral quvuriga noqonuniy ulanib, ekinlarini ichimlik suvi bilan sug‘orib kelgan.
"Qashqadaryo suv ta’minoti" korxonasi xodimlari o‘tkazgan reyd davomida uning noqonuniy faoliyati fosh etilgan. Yetkazilgan zarar 282,7 mln so‘mni tashkil etgan.
Sud O‘.A.ni aybdor deb topib, unga 3-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Undan 282,7 mln so‘m miqdoridagi zarar ham undiriladi.
Kak v Uzbekistane zapresheno ispolzovat pityevuyu vodu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2023
Ichimlik suvidan qaysi maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi
Yangiliklar lentasi
0