Qalbaki aviachiptalarni aniqlash maqsadida QR kodli sertifikatlar joriy etildi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishSamolet uzbekskix avialiniy v Mejdunarodnom aeroportu Vnukovo. Arxivnoe foto
Samolet uzbekskix avialiniy v Mejdunarodnom aeroportu Vnukovo. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2023
Obuna bo‘lish
Sotuv agentlarining akkreditatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi QR kodli sertifikatlar joriy etildi.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Qalbaki aviachiptalar sotuvini oldini olish maqsadida QR kodli sertifikatlar joriy etildi, deya xabar berdi "Uzbekistan Airways".
Qayd etilishicha, o‘zlarini "Uzbekistan Airways" vakili sifatida ko‘rsatib, qalbaki aviachiptalarni sotuvchi firibgarlar ko‘payib bormoqda.
Haqiqiy aviachiptani soxtasidan qanday ajratish mumkin — Silk Avia yo‘lovchilarni ogohlantirdi
Ular arzon narxlarda, lekin ko‘pincha qalbaki bo‘lgan aviachiptalarni taklif qilishadi. Bunday holatlar faqat parvozga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida aniqlanadi. Natijada yo‘lovchi parvozdan chetlatiladi.
“Bunday holatlarning oldini olish uchun aviakompaniya elektron platformani ishga tushirib, agentlarning akkreditatsiyadan o‘tganligi haqidagi QR kodli sertifikatlarni joriy etdi”, — deyiladi xabarda.
Endi aviachipta sotib olishdan oldin mobil telefon yordamida agentni tekshirish mumkin.
"Mazkur sertifikat agentlik ofisida ko‘rinadigan joyda bo‘lishi kerak. Agar u yo‘q bo‘lsa, kompaniyaning 78-140-02-00 raqamli ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling", — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Aviachiptani sotib olgandan so‘ng, rasmiy veb-saytda ham uning haqiqiyligini tekshirib olish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0