Prezident huzurida 2024-yil uchun davlat budjeti muhokama qilindi
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel videoselektornoe soveshanie po obsujdeniyu osnovnix napravleniy gosudarstvennogo budjeta na 2024 god.
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilgi Davlat budjeti daromadlarini ko‘paytirish va xarajatlarini kamaytirish masalalari muhokama qilindi. Majlis natijalari asosida budjet loyihasi Oliy Majlisga kiritiladi.
2024 yil uchun davlat budjetining asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yil uchun davlat budjetining asosiy yo‘nalishlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Davlat budjeti daromadlarini ko‘paytirish, xarajatlarini optimallashtirish bo‘yicha har bir soha, tarmoq va hududlar kesimida mavjud zaxira va imkoniyatlar atroflicha tahlil qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel videoselektornoe soveshanie po obsujdeniyu osnovnix napravleniy gosudarstvennogo budjeta na 2024 god.
Shavkat Mirziyoyev provel videoselektornoe soveshanie po obsujdeniyu osnovnix napravleniy gosudarstvennogo budjeta na 2024 god.
Jumladan, yirik sanoat tarmoqlarida xarajatni qisqartirish, mahsulot tannarxini kamaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, past quvvatda ishlayotgan korxonalarga ko‘mak berish, tadbirkorlikni rivojlantirib, soliq bazasini kengaytirish, “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish muhimligi aytildi.
Qishloq xo‘jaligida “katta sakrash”ga faqat ilm orqali erishish mumkinligi ta’kidlandi. Xususan zamonaviy ilm va texnologiyalar yordamida paxta hosildorligini 50 sentnerga, g‘allada 100 sentnerga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Suv xo‘jaligida kelgusi yilda markazlashgan investitsiya hisobidan 1,7 trillion so‘mlik va xalqaro moliya tashkilotlaridan 300 million dollarlik suv infratuzilmasi loyihalari amalga oshiriladi. Ushbu munosabat bilan prezident kanallarni betonlash bo‘yicha 3-yillik dastur qabul qilish vazifasi qo‘yildi.
Inson kapitalini rivojlantirish uchun 102,5 trillion so‘m yo‘naltirish mo‘ljalanmoqda. Bu joriy yilgiga nisbatan 15 foiz ko‘p. Ushbu mablag‘lar maktab qurilishi va rekonstruksiya qilinishiga sarflanadi.
Kelgusi yildan “Mahalla budjeti” tizimi to‘liq joriy qilinadi, ya’ni har bir mahallaning 100 million so‘mgacha mablag‘i bo‘ladi. Bu pullar mahallada ish o‘rni yaratadigan, aholining og‘irini yengil qiladigan loyihalarga yo‘naltirish zarur.
Yig‘ilishda bildirilgan fikrlar asosida 2024-yil uchun budjet loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi.