Oybek — biografiya

© Tvorcheskaya shkola imeni Xamida Alimdjana i Zulfii Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek
Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2023
Obuna bo‘lish
Oybek - XX asr o‘zbek adabiyotining eng yirik namoyondasi, atoqli adib, shoir, olim, davlat va jamoat arbobi.

Tarjimai holi

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905-yili Toshkent shahrida bo‘zchi oilasida tug‘ilgan. Oldin o‘rta maktabda, 1922-1925 yillarda esa Toshkent ta’lim va tarbiya texnikumida tahsil olgan. So‘ngra O‘rta Osiyo Davlat universitetining ijtimoiy fanlar fakultetida o‘qigan. 1930-yili o‘qishni bitirib, oliy maktablarda siyosiy iqtisoddan dars bergan.

Ijodiy yo‘li

© Portal ziyouzMuso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek
Uzbekskiy pisatel Aybek - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2023
Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek
Oybek adabiyotga 1926-yili chop etilgan “Tuyg‘ular” she’riy to‘plami bilan kirib kelgan. Shoirning “Dilbar - davr qizi” (1931), “O‘ch” (1932), “Baxtigul va Sog‘indik” (1933), “Temirchi Jo‘ra”(1933) dostonlari o‘z davrining eng go‘zal she’riy solnomalaridir. Oybek tarixiy va zamonaviy mavzularda yigirmaga yaqin dostonlar yaratgan. Oybek she’riyati nihoyatda go‘zal bo‘lib, o‘zining sodda, ravon va ifodali tilda, boy va rang-barang tasviriy vositalarda yaratilganligi bilan alohida ajralib turadi. Jumladan, “Quyosh qushig‘i” she’rida:
Quyosh, nuring to‘kaber mo‘l- ko‘l!
Bahor, ketma, bizning boshlardan.
Yurtimizda qolmasin dasht-cho‘l,
Chaman kulsin hatto toshlardan!
Yoki:
Yor ketdi, ko‘zim bulog‘i qoldi,
Siynamda tirik firoqi qoldi.
Ishq xotirasi kabi sochimning
Yoshlikda ko‘paygan oqi qoldi...
Oybek mohir shoir bo‘lgani kabi yetuk romannavis hamdir. U yaratgan “Qutlug‘ qon”, “Navoiy”, “Ulug‘ yo‘l”, “Oltin vodiydan shabadalar”, “Quyosh qoraymas” kabi romanlari o‘zbek realistik romanchiligi taraqqiyotida muhim bir davrni tashkil etadi.
© Portal ziyouzMuso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek
Uzbekskiy pisatel Aybek - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2023
Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek
O‘zbek halqining 1916-yilgi milliy ozodlik qo‘zg‘oloni yozuvchining “Qutlug‘ qon” (1940) romanida zo‘r mahorat bilan realistik ifodalangan bo‘lsa, “Navoiy” (1944) romanida o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib, ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy obrazini yaratdi. Uning “Oltin vodiydan shabadalar” (1949) asarida xalqimizning urushdan so‘ngi davr yaratuvchilik mehnati, “Quyosh qoraymas” (1958) romanida ikkinchi jahon urushi fojealari o‘z ifodasini topgan. Adibning “Ulug‘ yo‘l” (1977) asari esa “Qutlug‘ qon” romanining mantiqiy davomi bo‘lib, unda yozuvchi halq milliy ongining shakllanishini mohirona tasvirlab bergan.
Oybek 1949-yilda Pokistonga sayohat qilgan. Adib qardosh xalq hayotini, fikr va tuyg‘ularini, kurash va intilishlarini “Pokiston xotiralari” ocherklari, qator she’rlari, “Zafar va Zahro”, “Haqgo‘ylar”dostonlarida, nihoyat, “Nur qidirib” qissasida tasvirlangan.
Adibning avtobiografik qissasi “Bolalik” 1963-yilda yaratilgan. Qissaning bosh qahramoni yosh Muso, ya’ni Oybekning o‘zidir.

Oybek – tarjimon

Oybek iste’dodli shoir, yirik nosir bo‘libgina qolmay, mashhur olim, publitsist, tanqidchi va tarjimon, davlat va jamoat arbobi hamdir. O‘zbek kitobxoni Pushkinning “Yevgeniy Onegin” she’riy romani, Lermontovning “Maskarad”, “Molyerning “Tartuf” dramasi, shuningdek, antik adabiyoti namunalarini Oybek tarjimasida o‘qishga muyassar bo‘lgan.
© Portal ziyouzMuso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek
Uzbekskiy pisatel Aybek - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2023
Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek
Oybek 1943-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga haqiqiy a’zo etib saylangan va 1950-yilgacha akademiyada ijtimoiy fanlar bo‘limining raisi lavozimida faoliyat yuritgan. U yuqori malakali filologlar tayyorlashga katta hissa qo‘shgan muhtaram ustozdir.
Oybekning el-yurt oldidagi xizmatlari munosib baholanib, unga O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti, “Buyuk xizmatlari uchun” unvonlari berilgan.
Yozuvchi asarlari o‘zbek adabiyotinig jahonaro shuhratini yanada oshirdi. Ustoz mahorati yosh yozuvchilar uchun ijod dorilfununiga aylandi. Oybekning o‘lmas asarlari ma’naviy xazinamizdan mustahkam o‘rin oldi va umumxalq mulki bo‘lib qoldi.
© Sputnik / Aktan TemirkanovOybek metro bekati
Stansiya metro Aybek - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2023
Oybek metro bekati
Oybek 1968-yil 1-iyul kuni 63 yoshida vafot etgan. Vafotidan so‘ng uning 20 jildlik to‘la asarlari majmuasi nashr etilgan. Uning xotirasiga Toshkent metropoliteni stansiyasi nomlangan. Shuningdek, yozuvchining uy-muzeyi faoliyat yuritib keladi.
Yangiliklar lentasi
0