Og‘ir yuk tashuvchi mashinalar harakati ma’lum vaqt oralig‘ida cheklanishi mumkin

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy, STF / Mediabankka o‘tishYuk mashinalari, arxiv surat
Yuk mashinalari, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2023
Obuna bo‘lish
Og‘ir yuklarni tashuvchi mashinalar harakatini shaharlar va boshqa aholi punktlarida soat 08:00 dan 22:00 ga qadar cheklash rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. “Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining avtomobil yo‘llarida harakatlanishini tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Loyihaga ko‘ra, og‘ir yuklarni tashuvchi avtotransport vositalari harakatini mahalliy ahamiyatga ega umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi punktlarida soat 08:00 dan 22:00 ga qadar cheklash taklif qilinmoqda.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va Transport nazorati inspeksiyasi:
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarida belgilangan meyordan ortiq yuk bilan harakatlanayotgan avtotransport vositalari ustidan;
belgilangan vaqtdan tashqari vaqtda mahalliy ahamiyatga ega umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarida og‘ir yuklarni tashuvchi mashinalar harakatini cheklash bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatadi.
Avtomobil yo‘llarida avtomatlashtirilgan o‘lchov vositalari bilan jihozlangan vazn va hajm parametrlari nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar (o‘lchov-nazorat shoxobchalari) o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Belgilangan yuk ko‘tarish meyorlariga javob bermaydigan import qilinayotgan va hozirgi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan og‘ir yuklarni tashuvchi mashinalarni respublika hududiga olib kirish va harakatlanishi taqiqlanishi mumkin.
Avvalroq 2024-yil 1-yanvardan yilning harorat yuqori bo‘lgan vaqtlarida avtomobil yo‘llarida yuk tashuvchi transport vositalari harakatlanishiga mavsumiy cheklovlar o‘rnatilishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0