Farg‘onada 6 mlrd so‘mga yaqin hujjatsiz uyali aloqa vositalari aylanmasi aniqlandi — video

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy, STF / Mediabankka o‘tishBojxona posti
Bojxona posti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2023
Obuna bo‘lish
Qiymati 6 milliard so‘mga yaqin uyali aloqa vositalarining chetdan noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Farg‘onada 6 milliard so‘mga yaqin hujjatsiz uyali aloqa vositalari aylanmasi aniqlandi, deya xabar berdi viloyat bojxona boshqarmasi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda “Farg‘ona-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtotransport vositasi Namangan viloyatiga kirish maskanida to‘xtatilib ko‘zdan kechirildi.
“Avtotransport vositasining saloni va yukxonasida chetdan noqonuniy olib kirilayotgan, xorijda ishlab chiqarilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan dastlabki qiymati 5 mlrd 788,9 mln so‘mlik jami 24 turdagi 550 ga yaqin uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi”, — deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0