Ziroat Mirziyoyeva Xitoy san’at va hunarmandchilik milliy muzeyiga bordi — foto
14:23 18.10.2023 (yangilandi: 14:40 18.10.2023)
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva Xitoy Xalq Respublikasi raisining rafiqasi Pen Liyuan hamrohligida Xitoy san’at va hunarmandchilik milliy muzeyiga tashrif buyurdi.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Bugun, 18-oktabr kuni Xitoy poytaxti Pekin shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi doirasida sammitga kelgan delegatsiyalar rahbarlarining rafiqalari ishtirokidagi tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
O‘zbekiston prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva Xitoy Xalq Respublikasi raisining rafiqasi Pen Liyuan hamrohligida hamda boshqa delegatsiyalar rahbarlarining rafiqalari bilan birgalikda Xitoy san’at va hunarmandchilik milliy muzeyiga tashrif buyurdi.
© UzA
1/6
© UzA
© UzA
2/6
© UzA
© UzA
3/6
© UzA
© UzA
4/6
© UzA
© UzA
5/6
© UzA
© UzA
6/6
© UzA
Bu muzeyga 1990-yilda asos solingan, 2021-yilda uning uchun yangi bino barpo etilgan. Muzey Xitoyning qadimiy va hozirgi amaliy hunarmandchiligining turli yo‘nalishlarini o‘zida ifoda etadi. Jumladan, bu yerda badiiy kulolchilik, kashtachilik, fil suyagi, nefrit, yog‘och va tosh o‘ymakorligi, tilla, kumush va misdan yasalgan zargarlik buyumlari, rasmli vazalar va xalq buyumlarining boy kolleksiyasi mavjud.
Ziroat Mirziyoyeva birinchi xonimlar bilan birga ushbu eksponatlarni ko‘zdan kechirdi. Ularga Xitoy hunarmandchiligi tarixi, buyumlarda ifodalangan naqshlar va ramzlar haqida so‘zlab berildi.
Shundan so‘ng xonimlar Xitoy xalq operasi namunalaridan iborat konsert dasturini tomosha qilishdi. Birinchi xonimlar konsert ijrochilari bilan birga suratlarga tushdi.