https://oz.sputniknews.uz/20231018/xitoy-investor-ozbekiston-sunniy-charm-ishlab-chiqarish-40054824.html
Xitoy investorlari O‘zbekistonda sun’iy charm ishlab chiqarishga qiziqish bildirmoqda
Xitoy investorlari O‘zbekistonda sun’iy charm ishlab chiqarishga qiziqish bildirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Xitoy kompaniyalari o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan sun’iy charm ishlab chiqarish bo‘yicha investitsion loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirishdi.
2023-10-18T08:52+0500
2023-10-18T08:52+0500
2023-10-18T10:34+0500
iqtisod
o‘zbekiston
xitoy
o‘zcharmsanoat
tadbirkor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/06/23803848_0:102:3283:1948_1920x0_80_0_0_46739800e4a00a86f91c9bd529017f45.jpg
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Xitoy investorlari O‘zbekistonda sun’iy charm ishlab chiqarishga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi “O‘zcharmsanoat” uyushmasi.“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev Xitoy Xalq Respublikasining Dunguan savdoni rivojlantirish uyushmasi a’zolaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi.Unda O‘zbekiston va Dunguan shahri o‘rtasida charm-poyabzal sohasida savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish, qo‘shma korxonalar ochish va ko‘rgazmalar faoliyatida tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqildi.Kompaniya rahbarlarining fikriga ko‘ra bugungi kunda O‘zbekistonda bu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga talab yuqori. Qulay logistika va atrofdagi yirik bozor esa mahsulotlar eksportini yanada kengatirishga xizmat qiladi.Dastlabki kelishuvlarga “UzCharmExpo-Eurasia-2023” XV charm, poyabzal, attorlik, mo‘yna, jun va mahalliylashtirilgan mahsulotlar xalqaro ko‘rgazmasi doirasidagi muzokaralarda erishilishi belgilab olindi.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/06/23803848_275:0:3006:2048_1920x0_80_0_0_321cd69438910577d3686473db364b70.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xitoy investor o‘zbekiston sun’iy charm ishlab chiqarish
xitoy investor o‘zbekiston sun’iy charm ishlab chiqarish
Xitoy investorlari O‘zbekistonda sun’iy charm ishlab chiqarishga qiziqish bildirmoqda
08:52 18.10.2023 (yangilandi: 10:34 18.10.2023) Xitoy kompaniyalari o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan sun’iy charm ishlab chiqarish bo‘yicha investitsion loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirishdi.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Xitoy investorlari O‘zbekistonda sun’iy charm ishlab chiqarishga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi. “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev Xitoy Xalq Respublikasining Dunguan savdoni rivojlantirish uyushmasi a’zolaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi.
Unda O‘zbekiston va Dunguan shahri o‘rtasida charm-poyabzal sohasida savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish, qo‘shma korxonalar ochish va ko‘rgazmalar faoliyatida tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqildi.
“Uchrashuvda “Dongguan Shenfeng New Material” hamda “Guandong Shenfeng Eco Technology” kompaniyalari rahbarlari o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan sun’iy charm ishlab chiqarish bo‘yicha investitsion loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirishdi”, — deyiladi xabarda.
Kompaniya rahbarlarining fikriga ko‘ra bugungi kunda O‘zbekistonda bu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga talab yuqori. Qulay logistika va atrofdagi yirik bozor esa mahsulotlar eksportini yanada kengatirishga xizmat qiladi.
Dastlabki kelishuvlarga “UzCharmExpo-Eurasia-2023” XV charm, poyabzal, attorlik, mo‘yna, jun va mahalliylashtirilgan mahsulotlar xalqaro ko‘rgazmasi doirasidagi muzokaralarda erishilishi belgilab olindi.