Toshkent Botanika bog‘i: poytaxt kislorod manbai — video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Toshkent Botanika bog‘i maydoni bo‘yicha MDHda ikkinchi o‘rinni egallaydi.
Toshkent Botanika bog‘iga 1950-yilda akademik Fodor Rusanov asos solgan. Sobiq Ittifoq davrida bog‘ hududi 88 gektarga yaqin bo‘lib, u yerda dunyoning turli burchaklaridan keltirilgan 6000 mingga yaqin o‘simliklar ekilgan.
Keyinchalik bog‘ning bir qismi Toshkent hayvonot bog‘i uchun ajratilgan. Bugungi kunda Toshkent Botanika bog‘ining maydoni 65,4 gektarga teng.
O‘simliklar kelib chiqish joyiga qarab Botanika bog‘i beshta bo‘limga ajratilgan: Markaziy va Sharqiy Osiyo, Uzoq Sharq, Yevropa-Qrim-Kavkaz va Shimoliy Amerika bo‘limlari.
Shuningdek, botanika bog‘ida minglab Qizil kitobga kiritilgan qadimiy va kamob o‘simliklar ham bor. Masalan, metasekvoyya, ginkgo va kulrang zarang o‘sadi. Bog‘ning har bir qismida suv o‘simliklari bo‘lgan hovuzlar mavjud oq nilfiya, suv gulsapsarlari va botqoq sarvlari shular jumlasidan.

Toshkent Botanika bog‘ining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u yerda o‘simliklar, dunyoning boshqa botanika bog‘larida bo‘lgani kabi alohida-alohida ko‘rgazma shaklida emas, tabiiy sharoitida bo‘lgani kabi o‘tlar va butalar bilan aralash birgalikda o‘sadi. Bu yerda ko‘plab qushlar, olmaxonlar va boshqa hayvonlar ham yashaydi. Shu sababli Botanika bog‘i ko‘proq haqiqiy tabiat go‘shasini eslatadi.

Lekin ushbu boqqa tashrif buyuruvchilar har doim ham o‘zlarini madaniyatli tutmaydi. Ulardan so‘ng bog‘ hududida juda ko‘p chiqindi, daraxtlar tanasiga o‘yib yozilgan yozuvlar va daraxt shoxlariga bog‘langan lattalar topiladi. Ba’zilar hatto o‘simliklarni o‘g‘irlashadi ham.

"Axir biz insonlar noodatiy o‘siliklarni yetishtirish ularni xalqimizga ko‘rsatish uchun ishlaymiz, buning uchun juda ko‘p vaqt sarflaymiz. Biroq ular kelib shunday ishlarni qilishadi. Bu juda alam qiladi. Ba’zi oshiqlar daraxtlarga yurak va yozuvlarni o‘yib yozishadi. Bu kabi vandalizm daraxtlarni o‘ldiradi", - deydi O‘zbekiston FA Botanika instituti Toshkent botanika bog‘i mutaxassisi Atirgul Xalmurzayeva.

Toshkent botanika bog‘i ishchilari ushbu vandalizm oqibatlariga qarshi kurash uchun juda ko‘p vaqt sarflashiga to‘g‘ri keladi. Afsuski, buning uchun bog‘da ishchi kuchi ham, mablag‘ ham yetishmaydi.
Atirgul Xalmurzayevaning aytishiga ko‘ra, bog‘ hududida o‘ziga xos mikroiqlim bor, bu yerda havo juda toza. Shuningdek, bog‘ butun Toshkentni kislorod bilan ta’minlaydi.
Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0