Toshkentda Agro innovatsiya markazi tashkil etiladi

© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy respubliki UzbekistanToshkentda Agro innovatsiya markazi tashkil etiladi
Toshkentda Agro innovatsiya markazi tashkil etiladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2023
Obuna bo‘lish
Markazda agrar sohada qo‘shma ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Toshkentda Agro innovatsiya markazi tashkil etiladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Vazirlik va B.B.Gorodovikov nomidagi Qalmiq davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi) o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.
"Unga ko‘ra Toshkentda Agro innovatsiya markazi faoliyati tashkil etiladi. Mazkur markazda agrar sohada qo‘shma ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish ko‘zda tutilgan", — deyiladi xabarda.
Xususan, chorva mollarini yetishtirish, zamonaviy naslchilik ishlarini tashkil etish va tajriba almashish bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0