Samarqandda O‘zbekiston turizm salohiyati namoyish etildi – video

Obuna bo‘lish
Samarqandda YuNVTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi doirasida O‘zbekistonning turizm va sarmoyaviy salohiyati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Samarqandagi "Buyuk Ipak yo‘li" turizm markazida bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmada O‘zbekistonning 14 ta hududining turizm va investitsiyaviy salohiyati namoyish etilgan. Shuningdek, Turizm qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “O‘zbekiston aeroportlari” va “O‘zbekistan vertolotlari” kabi stendlar tashkil qilingan.
Undan tashqari, ushbu ko‘rgazmada umumiy qiymati 2 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar investorlarga taqdim etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, qo‘shni respublikalar - Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston ham o‘z stendlarini namoyish etdi.

"So‘nggi paytlarda Rossiya va Xitoy bozorlarida talab ortib bormoqda. Agroturizm, vino turizmi va qishloq turizmi katta talabga ega. Yil boshidan buyon Rossiyadan 50 ming sayyoh keldi", - deydi Farg‘onadan sayyohlik kompaniyasi vakili Sadafbek Husanboyev.

Ko‘rgazma haqida batafsil videolavhamizda tanishing.
Yangiliklar lentasi
0