Rossiya va Xitoy o‘zaro manfaatli hamkorlikka intiladi — Putin

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishRossiya va Xitoy yetakchilari
Rossiya va Xitoy yetakchilari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2023
Obuna bo‘lish
Pekinda o‘tayotgan “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumida so‘zga chiqqan Vladimir Putin Rossiya va Xitoyning o‘zaro manfaatli hamkorlikka intilishini qayd etdi.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Rossiya va Xitoy o‘zaro manfaatli hamkorlikka intiladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Pekinda o‘tayotgan “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumida so‘zga chiqqan Vladimir Putin Rossiya va Xitoyning o‘zaro manfaatli hamkorlikka intilishini qayd etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Xitoy har bir davlatning o‘z rivojlanish modeliga bo‘lgan huquqini hurmat qilgan holda uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy farovonlikka erishish uchun teng huquqli, o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish istagini birlashtiradi.

"Biz bir necha bor ta’kidladik, Rossiya va Xitoy, dunyoning aksariyat davlatlari singari, sivilizatsiya xilma-xilligi va har bir davlatning o‘z rivojlanish modeliga bo‘lgan huquqini hurmat qilgan holda barqaror va uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy farovonlikka erishish uchun teng huquqli, o‘zaro manfaatli hamkorlikka intiladi", — dedi Vladimir Putin.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2023
Putin davlatlarni Shimoliy dengiz yo‘lida hamkorlik qilishga taklif etdi — video
Yangiliklar lentasi
0