https://oz.sputniknews.uz/20231018/ozbekiston-milliy-kutubxonasi-markaziy-osiyodagi-ilk-eng-yirik-ziyo-maskani-40088523.html
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi: Markaziy Osiyodagi ilk eng yirik ziyo maskani
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi: Markaziy Osiyodagi ilk eng yirik ziyo maskani
Sputnik O‘zbekiston
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Markaziy Osiyodagi eng yirik kutubxona va ilmiy-metodik markazlardan biri hisoblanadi. Kutubxona tashkil qilinishi uzoq tarixga ega. Unga 1870-yil may oyida Toshkent ommaviy kutubxonasi sifatida asos solingan. O‘zbekiston hukumatining Qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Davlat ommaviy kutubxonasi 1933-yildan respublikaning sharq qo‘lozmalarini saqlash Markazi deb e’lon qilindi. 1948-yilda kutubxonaga ulug‘ shoir Alisher Navoiy nomi berildi va muassasa 350 o‘rinli o‘quv zaliga ega bo‘lgan uch qavatli yangi binoda ish boshladi. Hozirgi kunga kelib O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 6.5 millionga yaqin qo‘lozmalar mavjud bo‘lib, ulardan 200 000 tasi qimmatbaho namunalar, 16 000 tasi esa juda ham noyob va alohida qimmatga ega nashr namunalardan iboratdir.
2023-10-18T19:06+0500
2023-10-18T19:06+0500
2023-10-18T19:06+0500
o‘zbekiston
kitob
markaziy osiyo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/172/81/1728116_0:4:4256:2398_1920x0_80_0_0_ab8e1032057652fddb0009854373108a.jpg
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Markaziy Osiyodagi eng yirik kutubxona va ilmiy-metodik markazlardan biri hisoblanadi. Kutubxona tashkil qilinishi uzoq tarixga ega. Unga 1870-yil may oyida Toshkent ommaviy kutubxonasi sifatida asos solingan. Kutubxona fondini tashkil qilishda Xalq maorifi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Ommaviy kutubxona, Geografiya jamiyati, Rossiya bosh shtabi hamkorlik ko‘rsatib, o‘z fondlaridan adabiyotlar sovg‘a qilishgan va bir vaqtning o‘zida 2 200 tomdan (120 nomdagi) ortiq kitob yig‘ilib, kutubxona fondi yaratilgan.Kutubxona qo‘lozmalar fondi 1917-yilda 250 tomni tashkil etgan. Kutubxonaga Xiva va Toshkent litografiyalarida bosilgan birinchi litografik kitoblar sotib olingan. Bu litogafiyalar Alisher Navoiyning “Xamsa”si (1980), “Munis devoni”, So‘fi Olloyorning “Sabotul ojiziyn” (“Ojizlar matonati”) asarlari va boshqa noyob kitoblardan iborat bo‘lgan. Kutubxona 1919-yilda xalq kutubxonasi nomi bilan atalgan. 1920-yilda esa ushbu maskanga Davlat kutubxonasi maqomi berilgan. Turkiston o‘lkasida chop etilayotgan nashrlarning majburiy nusxalarini taqdim etish shart etib qo‘yilgani sababli, 1925-yilga kelib kutubxona fondi 140 ming jildni tashkil etdi. Markaziy Osiyo respublikalarining tashkil etilishi natijasida kutubxona O‘zbekiston Xalq ta’limi qo‘mitasiga o‘tkaziladi va qayta tashkil etilgan Markaziy Osiyo respublikalarida kutubxonachilik ishini tashkil etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsata boshlaydi.O‘zbekiston hukumatining Qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Davlat ommaviy kutubxonasi 1933-yildan respublikaning sharq qo‘lozmalarini saqlash Markazi deb e’lon qilindi. 1948-yilda kutubxonaga ulug‘ shoir Alisher Navoiy nomi berildi va muassasa 350 o‘rinli o‘quv zaliga ega bo‘lgan uch qavatli yangi binoda ish boshladi. Kitob fondlarini to‘ldirish va kengaytirish maqsadida Bolgariya, Vengriya, Germaniya Demokratik Respublikasi, Polsha, Ruminiya, Chexoslovakiya kabi davlatlardan kitoblar keltirildi. Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya, Germaniya Federativ Respublikasi, Yaponiya va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.2002 yilning 20-fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ”Ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi. Farmonning 8-punktida respublika ilmiy muassasalarining taklifi qabul qilinib, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat kutubxonasi bilan Respublika ilmiy-texnika kutubxonasini birlashtirib, Vazirlar Mahkamasi huzurida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashkil etildi.2002 yil 12-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra kutubxonaning maqomi milliy va xorijiy adabiyotlarning asosiy davlat xazinasi, kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik, kitobshunoslik sohasidagi ilmiy-tadqiqot, metodik ishlarni olib boruvchi va muvofiqlashtiruvchi ilmiy markaz etib belgilandi.2011 yili poytaxtda shaharsozlik madaniyatining yana bir noyob namunasi – “Ma’rifat markazi” bunyod etilib, undan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi joy oldi. Hozirda Milliy kutubxonada foydalanuvchilarga jahon andozalariga mos xizmat ko‘rsatish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, 800 o‘rinli 13 ta o‘quv zaliga zamonaviy asbob-uskunalar va texnik vositalar o‘rnatilgan, 28 nomdagi turli noan’anaviy xizmatlar ko‘rsatiladi, Wi-Fi tizimi yo‘lga qo‘yilishi kitobxonlar tashrifini yildan yilga oshib borishiga xizmat qilmoqda.“O‘zbekiston”, “Adolat”, “Istiqbol”, “Jahon”, “Tafakkur” o‘quv zallari foydalanuvchilarni kitoblarni bemalol izlashlari va buyurtma berishi va yangi olingan manbalar bilan tanishish imkoniyatini oshiradi.Al-Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshbandiy, Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur asarlari kutubxona fondining nodir asarlari sirasiga kiradi. Cho‘lpon, Fitrat, U.Nosir, Hamza, G‘.G‘ulom, A.Qahhor va boshqa ijodkorlar asarlarining ilk nashrlari saqlanadi.Hozirgi kunga kelib O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 6.5 millionga yaqin qo‘lozmalar mavjud bo‘lib, ulardan 200 000 tasi qimmatbaho namunalar, 16 000 tasi esa juda ham noyob va alohida qimmatga ega nashr namunalardan iboratdir. Kutubxona hozirda O‘zbekistondagi barcha axborot-resurs muassasalari uchun muvofiqlashtiruvchi va uslubiy markaz vazifasini o‘tamoqda.Kutubxona o‘z nashriyot va bosmaxonasiga ega bo‘lib, nashrlik hamda matbaa faoliyatini yuritadi.Kutubxonaga kirishda zamonaviy interfaol shar o‘rnatilgan bo‘lib, bu sharda Goole map. orqali ma’lumotlar berib turiladi. Kutubxonada kitoblarga maxsus, bilinmas chiplar bilan belgi qo‘yilgan. Shuningdek, ushbu maskanda kitoblarni eski uslubda qidirishni afzal biluvchi kitobxonlar uchun maxsus eski uslubdagi katalog ham mavjud. Kutubxona hududida ko‘m-ko‘k yo‘laklar, chiroyli favvora, samokat va velosipedda uchuvchilarga yo‘lak va kitobxonlar uchun kafe ham barpo etilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/172/81/1728116_146:0:3922:2832_1920x0_80_0_0_1f1b50461ef9bb993f03f0b01a096536.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston milliy kutubxonasi referat insho
o‘zbekiston milliy kutubxonasi referat insho
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi: Markaziy Osiyodagi ilk eng yirik ziyo maskani
Kutubxona tashkil qilinishi uzoq tarixga ega. Unga 1870-yil may oyida Toshkent ommaviy kutubxonasi sifatida asos solingan.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Markaziy Osiyodagi eng yirik kutubxona va ilmiy-metodik markazlardan biri hisoblanadi. Kutubxona tashkil qilinishi uzoq tarixga ega. Unga 1870-yil may oyida Toshkent ommaviy kutubxonasi sifatida asos solingan. Kutubxona fondini tashkil qilishda Xalq maorifi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Ommaviy kutubxona, Geografiya jamiyati, Rossiya bosh shtabi hamkorlik ko‘rsatib, o‘z fondlaridan adabiyotlar sovg‘a qilishgan va bir vaqtning o‘zida 2 200 tomdan (120 nomdagi) ortiq kitob yig‘ilib, kutubxona fondi yaratilgan.
Kutubxona qo‘lozmalar fondi 1917-yilda 250 tomni tashkil etgan. Kutubxonaga Xiva va Toshkent litografiyalarida bosilgan birinchi litografik kitoblar sotib olingan. Bu litogafiyalar Alisher Navoiyning “Xamsa”si (1980), “Munis devoni”, So‘fi Olloyorning “Sabotul ojiziyn” (“Ojizlar matonati”) asarlari va boshqa noyob kitoblardan iborat bo‘lgan. Kutubxona 1919-yilda xalq kutubxonasi nomi bilan atalgan. 1920-yilda esa ushbu maskanga Davlat kutubxonasi maqomi berilgan. Turkiston o‘lkasida chop etilayotgan nashrlarning majburiy nusxalarini taqdim etish shart etib qo‘yilgani sababli, 1925-yilga kelib kutubxona fondi 140 ming jildni tashkil etdi. Markaziy Osiyo respublikalarining tashkil etilishi natijasida kutubxona O‘zbekiston Xalq ta’limi qo‘mitasiga o‘tkaziladi va qayta tashkil etilgan Markaziy Osiyo respublikalarida kutubxonachilik ishini tashkil etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsata boshlaydi.
O‘zbekiston hukumatining Qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Davlat ommaviy kutubxonasi 1933-yildan respublikaning sharq qo‘lozmalarini saqlash Markazi deb e’lon qilindi. 1948-yilda kutubxonaga ulug‘ shoir Alisher Navoiy nomi berildi va muassasa 350 o‘rinli o‘quv zaliga ega bo‘lgan uch qavatli yangi binoda ish boshladi. Kitob fondlarini to‘ldirish va kengaytirish maqsadida Bolgariya, Vengriya, Germaniya Demokratik Respublikasi, Polsha, Ruminiya, Chexoslovakiya kabi davlatlardan kitoblar keltirildi. Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya, Germaniya Federativ Respublikasi, Yaponiya va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
2002 yilning 20-fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ”Ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi. Farmonning 8-punktida respublika ilmiy muassasalarining taklifi qabul qilinib, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat kutubxonasi bilan Respublika ilmiy-texnika kutubxonasini birlashtirib, Vazirlar Mahkamasi huzurida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashkil etildi.
2002 yil 12-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra kutubxonaning maqomi milliy va xorijiy adabiyotlarning asosiy davlat xazinasi, kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik, kitobshunoslik sohasidagi ilmiy-tadqiqot, metodik ishlarni olib boruvchi va muvofiqlashtiruvchi ilmiy markaz etib belgilandi.
2011 yili poytaxtda shaharsozlik madaniyatining yana bir noyob namunasi – “Ma’rifat markazi” bunyod etilib, undan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi joy oldi. Hozirda Milliy kutubxonada foydalanuvchilarga jahon andozalariga mos xizmat ko‘rsatish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, 800 o‘rinli 13 ta o‘quv zaliga zamonaviy asbob-uskunalar va texnik vositalar o‘rnatilgan, 28 nomdagi turli noan’anaviy xizmatlar ko‘rsatiladi, Wi-Fi tizimi yo‘lga qo‘yilishi kitobxonlar tashrifini yildan yilga oshib borishiga xizmat qilmoqda.
“O‘zbekiston”, “Adolat”, “Istiqbol”, “Jahon”, “Tafakkur” o‘quv zallari foydalanuvchilarni kitoblarni bemalol izlashlari va buyurtma berishi va yangi olingan manbalar bilan tanishish imkoniyatini oshiradi.
Al-Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshbandiy, Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur asarlari kutubxona fondining nodir asarlari sirasiga kiradi. Cho‘lpon, Fitrat, U.Nosir, Hamza, G‘.G‘ulom, A.Qahhor va boshqa ijodkorlar asarlarining ilk nashrlari saqlanadi.
Hozirgi kunga kelib O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 6.5 millionga yaqin qo‘lozmalar mavjud bo‘lib, ulardan 200 000 tasi qimmatbaho namunalar, 16 000 tasi esa juda ham noyob va alohida qimmatga ega nashr namunalardan iboratdir. Kutubxona hozirda O‘zbekistondagi barcha axborot-resurs muassasalari uchun muvofiqlashtiruvchi va uslubiy markaz vazifasini o‘tamoqda.
Kutubxona o‘z nashriyot va bosmaxonasiga ega bo‘lib, nashrlik hamda matbaa faoliyatini yuritadi.
Kutubxonaga kirishda zamonaviy interfaol shar o‘rnatilgan bo‘lib, bu sharda Goole map. orqali ma’lumotlar berib turiladi. Kutubxonada kitoblarga maxsus, bilinmas chiplar bilan belgi qo‘yilgan. Shuningdek, ushbu maskanda kitoblarni eski uslubda qidirishni afzal biluvchi kitobxonlar uchun maxsus eski uslubdagi katalog ham mavjud. Kutubxona hududida ko‘m-ko‘k yo‘laklar, chiroyli favvora, samokat va velosipedda uchuvchilarga yo‘lak va kitobxonlar uchun kafe ham barpo etilgan.