https://oz.sputniknews.uz/20231018/mirziyoev-ozbekistonda-olimpiya-shaharchasi-qurishda-qatnashayotgan-kompaniya-raisi-bilan-uchrashdi-40063891.html
Mirziyoyev O‘zbekistonda olimpiya shaharchasi qurishda qatnashayotgan kompaniya raisi bilan uchrashdi
Mirziyoyev O‘zbekistonda olimpiya shaharchasi qurishda qatnashayotgan kompaniya raisi bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Davlat rahbari qo‘shma loyihalar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga topshiriq berdi.
2023-10-18T12:05+0500
2023-10-18T12:05+0500
2023-10-18T14:04+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
xitoy
kompaniya
uchrashuv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/12/40061419_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_c03fd2a0bb31b60876207dd59906fcc1.jpg
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 18-oktabr kuni, Pekin shahrida "China CAMC Engineering" kompaniyasi raisi Van Boni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi."CAMCE" Xitoyning injiniring xizmatlarini ko‘rsatuvchi hamda sanoat va infratuzilma sohalarida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi yetakchi korporatsiyasidir.Kompaniya O‘zbekistonda katta ish tajribasiga ega. Bugungi kunda "CAMCE" 2025-yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida olimpiya shaharchasi qurilishida ishtirok etmoqda.Davlat rahbari qo‘shma loyihalar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga topshiriq berdi.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/12/40061419_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_3a5fbc42f68bdeb77f239ab53d7c1cb2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev o‘zbekistonda olimpiya shaharchasi qurishda qatnashayotgan kompaniya raisi bilan uchrashdi
mirziyoyev o‘zbekistonda olimpiya shaharchasi qurishda qatnashayotgan kompaniya raisi bilan uchrashdi
Mirziyoyev O‘zbekistonda olimpiya shaharchasi qurishda qatnashayotgan kompaniya raisi bilan uchrashdi
12:05 18.10.2023 (yangilandi: 14:04 18.10.2023) Davlat rahbari qo‘shma loyihalar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga topshiriq berdi.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 18-oktabr kuni, Pekin shahrida "China CAMC Engineering" kompaniyasi raisi Van Boni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. "CAMCE" Xitoyning injiniring xizmatlarini ko‘rsatuvchi hamda sanoat va infratuzilma sohalarida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi yetakchi korporatsiyasidir.
Kompaniya O‘zbekistonda katta ish tajribasiga ega. Bugungi kunda "CAMCE" 2025-yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida olimpiya shaharchasi qurilishida ishtirok etmoqda.
Uchrashuvda qo‘shma loyihalarni ko‘paytirishning amaliy jihatlari, jumladan, O‘zbekiston hududlarida gidrotexnik inshootlar va Yangi Toshkentda zamonaviy infratuzilmani barpo etish, ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy qilish masalalari muhokama qilindi.
Davlat rahbari qo‘shma loyihalar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga topshiriq berdi.