Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 18-oktabrning asosiy voqealari

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRabota armeyskoy aviatsii v zone provedeniya SVO
Rabota armeyskoy aviatsii v zone provedeniya SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyasi, belgilangan maqsadlar yo‘nalishida muvaffaqiyatli davom etmoqda.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligining 18-oktabr hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Sinkovka, Ivanovka, Pershotravnevoe, Orlyanskoe, LXRning Sergeyevka aholi punktlari hududlarida UQKning 14, 32, 43, 115-mexanizatsiyalashgan brigadalarining 13 ta hujumini qaytardi.
LXRning Nadiya va Xarkov viloyatining Berestovoe aholi punktlari hududlarida Rossiya aviatsiyasi UQKning 68-yegerlar birigasi va 103-hududiy mudofaa brigadasining shaxsiy tarkibi va texnikasiga zarba berdi.
Ushbu yo‘nalishda UQK yo‘qotishlari 80 nafargacha harbiy xizmatchi, uchta tank, AQShda ishlab chiqarilgan M113 bronetransportori, uchta zirhli jangovar mashina, ikkita pikap va "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya majmuasini tashkil etdi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" kuchlar guruhi bo‘linmalari LXRning Chervonnaya Dibrava qishlog‘i hududida UQKning 63-mexanizatsiyalashgan brigadasi hujumini qaytardi.
Rossiya aviatsiyasi Grigorovka, Chervonnaya Dibrava va Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi hududida UQKning 67-mexanizatsiyalashgan brigadasi, Milliy gvardiyaning 5-brigadasi, 1-maxsus kuchlar brigadasi va 110-hududiy mudofaa brigadasining ishchi kuchi texnikasiga zarba berdi. Dushman yo‘qotishlari 60 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina va ikkita yuk mashinasini tashkil etdi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi Kurdumovka, Andreyevka, Klesheyevka, Xromovo va Mariinka aholi punktlari hududlarida aviatsiya va artilleriya ko‘magida UQKning 28, 42, 67, 93-mexanizatsiyalashgan brigadalari, 112-hududiy mudofaa brigadasi, 79-desant hujumchi brigadasi ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi.
Dushmanning ushbu yo‘nalishdagi umumiy yo‘qotishlari 115 nafargacha harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, ikkita D-20 va Msta-B gaubitsalarini tashkil qildi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" guruhi qo‘shinlari Chervonoe qishlog‘i hududida UQKning 102-hududiy mudofaa brigadasi hujumini qaytardi. Rossiya aviatsiyasi Novomixaylovka, Pavlovka va Staromayorskoe aholi punktlarida UQKning 79-havo desant, 72-mexanizatsiyalashgan, 58-moto-o‘qchi brigadalari, 107- va 128-hududiy mudofaa brigadalarining shaxsiy tarkibi va texnikasiga zarba berdi. Dushman yo‘qotishlari 170 nafargacha harbiy xizmatchi, ikkita pikap va tankga qarshi "Rapira" to‘pini tashkil etdi.
Zaporoje yo‘nalishida Verbovoe qishlog‘i hududida Rossiya qo‘shinlari UQKning 71-yeger brigadasining hujumini qaytardi.Uspenovka aholi punkti hududida UQKning 82-havo hujumi va 116-mexanizatsiyalashgan brigadalari shaxsiy tarkibi va texnikasiga zarba berildi. Bir sutkada dushman yo‘qotishlari 85 nafargacha harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, ikkita avtomobil, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan M119 gaubitsasini tashkil etdi.
Xerson yo‘nalishida Podstepnoe va Poyma aholi punktlari hududlarida to‘rtta diversion-razvedka guruhining faoliyati bostirildi. Zarba ️natijasida 70 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi va 2 ta texnika yo‘q qilindi. Artilleriyaga qarshi jangda AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi va ikkita D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, uchuvchisiz apparatlar, raketa va artilleriya qo‘shinlari UQKning 147 ta hududda joylashgan qo‘shin guruhlari shaxsiy tarkibi va harbiy texnikasiga zarba berdi. Dnepropetrovsk viloyatidagi Lozovoe aerodromida Ukraina harbiy-havo kuchlarining aviatsiya ombori vayron qilingan.
D️XRning Serebranka va Zaporoje viloyatining Malinovka aholi punktlari hududlarida UQKning 67-mexanizatsiyalashgan brigadasi va 102-hududiy mudofaa brigadasi bo‘linmalarining qo‘mondonlik va kuzatuv punktlariga zarba berildi.
Qora dengiz floti qo‘shinlari Qora dengizning markaziy qismida Ukraina qurolli kuchlarining ekipajsiz katerini yo‘q qildi.
Havo hujumidan mudofaa kuchlari kun davomilda to‘rtta AQShja ishlab chiqilgan HIMARS reaktiv tizimi raketalarini va AQShda ishlab chiqarilgan JDAM boshqariladigan aviatsiya bombalarini tutib oldi.
Shuningdek, Donesk shahri, LXRning Chervonaya Dibrova, DXRning Lozovoe, Kamenskoe, Chervonogorka, Zaporoje oblastining Novofedorovka, Kazaklar lageri, Xerson viloyatining Sagi va Xarkov viloyatining Jovtnevoe aholi punktlari hududida UQKning 51 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 491ta samolyot, 251 ta vertolot, 8004 ta uchuvchisiz uchish apparati, 441 ta zenit-raketa tizimi, 12746 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1163 ta ko‘p sonli jangovar texnika. raketa tizimlari, 6810 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 14 419 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0