https://oz.sputniknews.uz/20231018/biz-hamisha-mustaqil-falastin-davlatini-yaratish-tarafdori-bolganmiz-putin-40073186.html
Biz hamisha mustaqil Falastin davlatini yaratish tarafdori bo‘lganmiz — Putin
Biz hamisha mustaqil Falastin davlatini yaratish tarafdori bo‘lganmiz — Putin
Sputnik O‘zbekiston
Bu muammoni, Qo‘shma Shtatlar harakat qilayotganidek, bir lahzalik iqtisodiy sadaqalar bilan hal qiliib bo‘lmaydi — Putin. 18.10.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-10-18T15:55+0500
2023-10-18T15:55+0500
2023-10-18T19:15+0500
dunyoda
rossiya
vladimir putin
isroil
falastin
aqsh
mojaro
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/12/40074670_251:931:1772:1787_1920x0_80_0_0_976f15da8239ae1a0a91eb1f2ca89383.jpg
TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Rossiya har doim suveren Falastin davlati tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlab kelgan, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.Putinning ta’kidlashiga ko‘ra, faqat mustaqil Falastin davlatining yaratilishi kelajak va tarixiy istiqbol uchun to‘g‘ri bo‘ladi. Rossiya prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bu haqda xalqaro hamjamiyat singari 1948-yildan beri, ya’ni BMTning ikkita mustaqil suveren davlat yaratish qarori qabul qilinganidan beri ta’kidlab kelmoqda.Rossiya, shuningdek, Isroilning kecha G‘azo sektorida joylashgan kasalxonaga bergan zarbasini keskin qoraladi. "Moskva sodir bo‘lgan voqeadan qattiq hayratda. Biz qurbonlarning oila a’zolari, Falastin xalqi va hukumatiga samimiy hamdardligimizni bildiramiz. Biz yana bir bor mojaro tomonlarini zudlik bilan jangovar harakatlarni yumshatishga chaqiramiz", — deyiladi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
falastin
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/12/40074670_152:768:1859:2048_1920x0_80_0_0_a6a355c8fef2a40d6b2d03f444383ece.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, rossiya, vladimir putin, isroil, falastin, aqsh, mojaro
dunyoda, rossiya, vladimir putin, isroil, falastin, aqsh, mojaro
Biz hamisha mustaqil Falastin davlatini yaratish tarafdori bo‘lganmiz — Putin
15:55 18.10.2023 (yangilandi: 19:15 18.10.2023) Bu muammoni, Qo‘shma Shtatlar harakat qilayotganidek, bir lahzalik iqtisodiy sadaqalar bilan hal qiliib bo‘lmaydi — Putin.
TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Rossiya har doim suveren Falastin davlati tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlab kelgan, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
"Falastin davlatini yaratish masalasiga kelsak, bu borada bizning prinsipial pozitsiyamiz bor. Buning bugungi inqirozga umuman aloqasi yo‘q. Garchi, inqiroz ubu muammoni yuzaga chiqarsa ham. Biz hamisha Falastin davlatini yaratish tarafdori bo‘lganmiz. Falastin davlati – mustaqil, suveren, poytaxti Sharqiy Quddusda bo‘lgan”, — dedi Putin Xitoyga tashrifi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.
Putinning ta’kidlashiga ko‘ra, faqat mustaqil Falastin davlatining yaratilishi kelajak va tarixiy istiqbol uchun to‘g‘ri bo‘ladi.
“Hozirgi inqiroz ushbu vazifani hal qilishga hissa qo‘shadimi yoki yo‘qmi, bilmayman, lekin agar shunday bo‘lsa, bu to‘g‘ri ish bo‘lar edi. Chunki bu uzoq muddatli tarixiy istiqbol uchun, kelajakdagi dunyo va Falastin xalqi taqdirini hal qilish bilan bog‘liq fundamental siyosiy masalalarni hal qilgan bo‘lardi. Bu muammoni Qo‘shma Shtatlar harakat qilayotganidek bir lahzalik iqtisodiy sadaqalar bilan hal qilib bo‘lmaydi - bu mutlaqo mumkin emas va hozirgi inqiroz buni ko‘rsatmoqda”, - deya ta’kidladi Putin.
Rossiya prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bu haqda xalqaro hamjamiyat singari 1948-yildan beri, ya’ni BMTning ikkita mustaqil suveren davlat yaratish qarori qabul qilinganidan beri ta’kidlab kelmoqda.
Rossiya, shuningdek, Isroilning kecha G‘azo sektorida joylashgan kasalxonaga bergan zarbasini keskin qoraladi.
"Moskva sodir bo‘lgan voqeadan qattiq hayratda. Biz qurbonlarning oila a’zolari, Falastin xalqi va hukumatiga samimiy hamdardligimizni bildiramiz. Biz yana bir bor mojaro tomonlarini zudlik bilan jangovar harakatlarni yumshatishga chaqiramiz", — deyiladi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.