https://oz.sputniknews.uz/20231018/bir-kamar-bir-yol-eoii-40067640.html
YeOII va "Bir makon, bir yo‘l" parallel rivojlanadi — Putin
YeOII va "Bir makon, bir yo‘l" parallel rivojlanadi — Putin
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Xitoy YeOII hamda "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusini parallel va muvofiqlashtirilgan holda rivojlantirishga kelishib oldi — Putin. 18.10.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-10-18T14:44+0500
2023-10-18T14:44+0500
2023-10-18T14:44+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
rossiya
xitoy
vladimir putin
bir makon, bir yo‘l xalqaro forumi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/12/40067752_0:0:3067:1725_1920x0_80_0_0_8c9d77bcca464dd1563deb320cc35cfd.jpg
TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi turli integratsiya jarayonlari, jumladan, YeOIIni o‘z ichiga olgan o‘zaro bog‘langan Yevroosiyo makonini shakllantirish haqidagi Rossiya g‘oyalari bilan hamohangdir, dedi Vladimir Putin.O‘z nutqida Rossiya prezidenti Rossiya va Xitoy uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyotga erishish uchun teng huquqli, o‘zaro manfaatli hamkorlikka intilishlarini aytib o‘tdi.“Mana shunday asosiy tamoyillar asosida qurilgan “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi turli mintaqalarda rivojlanayotgan integratsiya jarayonlariga juda mos keladi va u Rossiyaning savdo, sarmoya, mehnat erkinligi ta’minlangan integratsiya zanjirini yaratish g‘oyalari bilan hamohangdir”, — dedi Putin.“Bir makon, bir yo‘l” Xitoyning Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrikaning 60 tadan ortiq davlatlarini bog‘lovchi mavjud savdo va transport yo‘laklarini takomillashtirish va yangi savdo va transport yo‘laklarini yaratish bo‘yicha xalqaro tashabbusi bo‘lib, ular bilan Xitoy o‘rtasidagi savdo aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ma’lumot uchun, 17-18 oktabr kunlari Pekinda Xitoy yetakchisi Si Szinpinning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi o‘n yilligi munosabati bilan uchinchi yuqori darajadagi forumi bo‘lib o‘tmoqda.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/12/40067752_163:0:2892:2047_1920x0_80_0_0_21a82fe7b9afaa8563817bfa79251c98.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, rossiya, xitoy, vladimir putin, bir makon, bir yo‘l xalqaro forumi
yeoii, rossiya, xitoy, vladimir putin, bir makon, bir yo‘l xalqaro forumi
YeOII va "Bir makon, bir yo‘l" parallel rivojlanadi — Putin
Rossiya va Xitoy YeOII hamda "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusini parallel va muvofiqlashtirilgan holda rivojlantirishga kelishib oldi — Putin.
TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi turli integratsiya jarayonlari, jumladan, YeOIIni o‘z ichiga olgan o‘zaro bog‘langan Yevroosiyo makonini shakllantirish haqidagi Rossiya g‘oyalari bilan hamohangdir, dedi Vladimir Putin.
O‘z nutqida Rossiya prezidenti Rossiya va Xitoy uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyotga erishish uchun teng huquqli, o‘zaro manfaatli hamkorlikka intilishlarini aytib o‘tdi.
“Mana shunday asosiy tamoyillar asosida qurilgan “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi turli mintaqalarda rivojlanayotgan integratsiya jarayonlariga juda mos keladi va u Rossiyaning savdo, sarmoya, mehnat erkinligi ta’minlangan integratsiya zanjirini yaratish g‘oyalari bilan hamohangdir”, — dedi Putin.
“Biz taklif etgan katta Yevroosiyo makonida hamfikrlik asosida, turli integratsiya jarayonlari, jumladan "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusi, ShHT, ASEAN va YeOII doirasida bir vaqtning o‘zida davom etadi. YeOII bugungi kunda sobiq SSSR hududida hamkorlar bilan muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Rossiya va Xitoy kelajakda YeOII va "Bir kamar, bir yo‘l" tashabbusini parallel va muvofiqlashtirilgan holda rivojlantirishga kelishib olishdi", — dedi Putin.
“Bir makon, bir yo‘l” Xitoyning Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrikaning 60 tadan ortiq davlatlarini bog‘lovchi mavjud savdo va transport yo‘laklarini takomillashtirish va yangi savdo va transport yo‘laklarini yaratish bo‘yicha xalqaro tashabbusi bo‘lib, ular bilan Xitoy o‘rtasidagi savdo aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, 17-18 oktabr kunlari Pekinda Xitoy yetakchisi Si Szinpinning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi o‘n yilligi munosabati bilan uchinchi yuqori darajadagi forumi bo‘lib o‘tmoqda.