Shavkat Mirziyoyev Si Szinpin bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 17-oktabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel peregovori s Predsedatelem Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpinom
Shavkat Mirziyoyev provel peregovori s Predsedatelem Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpinom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2023
Shavkat Mirziyoyev provel peregovori s Predsedatelem Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpinom
Uchrashuv avvalida Mirziyoyev taklif va ko‘rsatilayotgan samimiy qabul uchun Xitoy yetakchisiga minnatdorlik bildirdi. O‘zbekiston rahbari XXR raisini Xitoy tashkil topgan kun hamda “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusining o‘n yillik yubileyi bilan dildan qutladi.
“Makon va yo‘l” tashabbusi qisqa tarixiy davr ichida umumiy taraqqiyot va ravnaqqa erishish yo‘lidagi hamkorlik uchun muhim, inklyuziv va ochiq platformaga aylandi. XXR Raisining “Yashil ipak yo‘li” tashabbusi ilk bor 2016-yilda O‘zbekistonda bildirilgani chuqur ramziy ma’noga ega”, - dedi O‘zbekiston yetakchisi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel peregovori s Predsedatelem Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpinom
Shavkat Mirziyoyev provel peregovori s Predsedatelem Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpinom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2023
Shavkat Mirziyoyev provel peregovori s Predsedatelem Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpinom
O‘zbekiston Xitoy bilan ko‘p qirrali munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga qat’iy intilishi alohida ta’kidlandi.
O‘zbekiston prezidentining joriy yil may oyidagi Xitoyga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar izchil bajarilayotgani, siyosiy muloqot mustahkamlanib, asosiy masalalar borasida tomonlar bir-birini qo‘llab-quvvatlayotgani alohida mamnuniyat bilan ta’kidlandi.
Keyingi yillarda Xitoy investitsiyalari hajmi besh barobar, qo‘shma korxonalar soni uch barobar ko‘paydi. Joriy yil boshidan buyon o‘zaro savdo hajmi 36 foizga oshdi. Yil yakunigacha ushbu ko‘rsatkich 10 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.
Tovar ayirboshlashni yaqin besh yilda 20 milliard dollarga yetkazish uchun barcha asoslar borligi haqida yakdil fikr bildirildi.
O‘zbekiston yuqori qo‘shilgan qiymatli innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni birgalikda tashkil etish orqali yuqori texnologik loyihalarni ko‘paytirishdan manfaatdorligi bildirildi.
Xitoyning yetakchi banklari va “Ipak yo‘li” fondi bilan samarali hamkorlikka yuqori baho berildi. Hududlararo aloqalar faollashgani qayd etildi. Yil boshidan O‘zbekistonga Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududi, Shensi, Shandun, Szansu va Szansi muzofotlari delegatsiyalari tashrif buyurdi.
Xitoyning kambag‘allikka qarshi kurashish tajribasini o‘rganish va joriy etish borasida samarali tajriba almashish va amaliy hamkorlik qilishga alohida e’tibor qaratildi. Barcha kelishuvlar ijrosining borishini ko‘rib chiqish maqsadida Hukumatlararo qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish taklif qilindi.
Yetakchilar madaniyat, ta’lim va turizm sohalarida qizg‘in hamkorlikni yuksak baholadilar. Xitoy 2023-yilni “Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili” deb e’lon qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel peregovori s Predsedatelem Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpinom
Shavkat Mirziyoyev provel peregovori s Predsedatelem Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpinom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2023
Shavkat Mirziyoyev provel peregovori s Predsedatelem Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpinom
O‘zbekistonda, ayniqsa yoshlar orasida xitoy tilini o‘rganishga qiziqish ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Toshkent va Samarqanddagi Konfutsiy institutining samarali faoliyati bunga katta hissa qo‘shmoqda. Xitoy tilini o‘qitishni va yosh olimlar o‘rtasidagi almashinuvni kengaytirish rejalari belgilab olindi.
O‘zbekiston prezidenti Toshkentda Xitoyning yetakchi Sinxua universiteti va Pekin universiteti filiallarini ochishni taklif qildi.
Mintaqaviy kun tartibi va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi. “Yagona Xitoy” siyosati hamda “uch yovuz kuch”ga qarshi kurashish borasidagi pozitsiya o‘zgarmas ekani tasdiqlandi.
Uchrashuvda ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi. Muzokaralar yakunida Mirziyoyev XXR raisini tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.
Yangiliklar lentasi
0