https://oz.sputniknews.uz/20231017/rossiya-qozogiston-ozbekiston-suvda-eruvchan-ogit-40028413.html
Rossiya O‘zbekistonga maxsus o‘g‘itlar yetkazib berishni boshladi
Rossiya O‘zbekistonga maxsus o‘g‘itlar yetkazib berishni boshladi
Sputnik O‘zbekiston
“FosAgro” Qozog‘iston va O‘zbekistonga suvda eruvchan monoammoniyfosfat yetkazib berishni boshladi.
2023-10-17T12:10+0500
2023-10-17T12:10+0500
2023-10-17T12:15+0500
iqtisod
rossiya
qozog‘iston
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/11/40030014_0:236:3059:1957_1920x0_80_0_0_2419d7b1fc8e6e3e0a0e17a6825845a3.jpg
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Rossiyaning “FosAgro” xoldingi O‘zbekiston va Qozog‘istonga suvda eruvchan o‘g‘it yetkazib bera boshladi, deya xabar berdi kompaniya matbuot xizmati. Rossiyaning dunyodagi yetakchi va yirik fosforli o‘g‘it ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan “FosAgro” Qozog‘iston va O‘zbekistonga suvda eruvchan monoammoniyfosfat APALIQUA NP 12:61 yetkazib berishni boshladi.Bu suv tanqisligi bo‘lgan hududlar uchun mos bo‘lgan maxsus o‘g‘itlardir. Yangi marka har qanday sug‘orish tizimlarida qo‘llanilishi mumkin. Uning ishlab chiqarilishi 2023-yil yanvar oyida boshlangan.Suvda eruvchan monoammoniyfosfat namlik yetishmovchiligi bilan tavsiflangan issiq iqlim uchun juda mos keladi. Bu sharoitda faqat donador o‘g‘itlardan foydalanish har doim ham oqlanmaydi."FosAgro-Region" bosh direktori Andrey Vovkning so‘zlariga ko‘ra, APALIQUA NP 12:61dan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning donador o‘g‘itlariga asoslangan kompleks mineral oziqlantirish tizimlarining bir qismi sifatida foydalanish sinergik ta’sir ko‘rsatishi mumkin: bog‘dorchilik va sabzavot mahsulotlari hajmi bo‘yicha ham, sifati bo‘yicha ham.Ma’lumot uchun, hozirda kompaniya 11 ta mamlakat bozorlarida faoliyat yuritmoqda. 2023-yilning 9 oyida FosAgro o‘g‘itlarini yetkazib berish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 barobarga ko‘payib, salkam 200 ming tonnaga yetkazildi.Monoammoniumfosfat (ammofos) butunlay eriydigan kristalli mahsulotdir. Uning tarkibidagi fosfor va azot ildiz tizimining rivojlanishi, fotosintez, o‘simlik biomassasining o‘sishi va rivojlanishi uchun zarurdir, shuning uchun monoammonium fosfat suvda eriydigan o‘g‘itlarni tayyorlashda ajralmas hisoblanadi. Ko‘pincha u himoyalangan va ochiq grunt uchun ishlatiladi - masalan, issiqxonalarda yoki purkagich tizimlarida.
qozog‘iston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/11/40030014_165:0:2894:2047_1920x0_80_0_0_40319a7cffd9244337907ef58ccdeb97.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
fosagro qozog‘iston o‘zbekistonga suvda eruvchan monoammoniyfosfat
fosagro qozog‘iston o‘zbekistonga suvda eruvchan monoammoniyfosfat
Rossiya O‘zbekistonga maxsus o‘g‘itlar yetkazib berishni boshladi
12:10 17.10.2023 (yangilandi: 12:15 17.10.2023) Rossiyaning “FosAgro” kompaniyasi O‘zbekiston va Qozog‘istonga issiq iqlimga mos keluvchi suvda eriydigan maxsus o‘g‘itlar yetkazib berishni boshladi.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Rossiyaning “FosAgro” xoldingi O‘zbekiston va Qozog‘istonga suvda eruvchan o‘g‘it yetkazib bera boshladi, deya xabar berdi kompaniya
matbuot xizmati. Rossiyaning dunyodagi yetakchi va yirik fosforli o‘g‘it ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan “FosAgro” Qozog‘iston va O‘zbekistonga suvda eruvchan monoammoniyfosfat APALIQUA NP 12:61 yetkazib berishni boshladi.
Bu suv tanqisligi bo‘lgan hududlar uchun mos bo‘lgan maxsus o‘g‘itlardir. Yangi marka har qanday sug‘orish tizimlarida qo‘llanilishi mumkin. Uning ishlab chiqarilishi 2023-yil yanvar oyida boshlangan.
"FosAgro mahsulotlarini mahalliy bozorlarda etkazib berish, sotish va qo‘llab-quvvatlash "FosAgro-Region" tomonidan Rossiya va qo‘shni mamlakatlarda faoliyat yurituvchi FosAgroning tarqatish tarmog‘i tomonidan amalga oshiriladi", — deyiladi xabarda.
Suvda eruvchan monoammoniyfosfat namlik yetishmovchiligi bilan tavsiflangan issiq iqlim uchun juda mos keladi. Bu sharoitda faqat donador o‘g‘itlardan foydalanish har doim ham oqlanmaydi.
"FosAgro-Region" bosh direktori Andrey Vovkning so‘zlariga ko‘ra, APALIQUA NP 12:61dan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning donador o‘g‘itlariga asoslangan kompleks mineral oziqlantirish tizimlarining bir qismi sifatida foydalanish sinergik ta’sir ko‘rsatishi mumkin: bog‘dorchilik va sabzavot mahsulotlari hajmi bo‘yicha ham, sifati bo‘yicha ham.
"Bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, Markaziy Osiyoda suyuq va suvda eruvchan o‘g‘itlar bozorlari ulkan salohiyatga ega. Biz esa ularni ishonchliligi va uzluksiz ta’minotini saqlab qolgan holda zamonaviy, ekologik toza mahsulotlarni yetkazib berishga tayyormiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Ma’lumot uchun, hozirda kompaniya 11 ta mamlakat bozorlarida faoliyat yuritmoqda. 2023-yilning 9 oyida FosAgro o‘g‘itlarini yetkazib berish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 barobarga ko‘payib, salkam 200 ming tonnaga yetkazildi.
Monoammoniumfosfat (ammofos) butunlay eriydigan kristalli mahsulotdir. Uning tarkibidagi fosfor va azot ildiz tizimining rivojlanishi, fotosintez, o‘simlik biomassasining o‘sishi va rivojlanishi uchun zarurdir, shuning uchun monoammonium fosfat suvda eriydigan o‘g‘itlarni tayyorlashda ajralmas hisoblanadi. Ko‘pincha u himoyalangan va ochiq grunt uchun ishlatiladi - masalan, issiqxonalarda yoki purkagich tizimlarida.