https://oz.sputniknews.uz/20231017/eoiida-elektron-tijorat-uchun-oyin-qoidalariga-ehtiyoj-tugilmoqda-40040655.html
YeOIIda elektron tijorat uchun "o‘yin qoidalari"ga ehtiyoj tug‘ilmoqda — YeIK
YeOIIda elektron tijorat uchun "o‘yin qoidalari"ga ehtiyoj tug‘ilmoqda — YeIK
Sputnik O‘zbekiston
YeOII vakillari Ittifoq darajasida elektron tijoratda aniq va shaffof qoidalarini belgilash zarurligini qo‘llab-quvvatladi. 17.10.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-10-17T16:25+0500
2023-10-17T16:25+0500
2023-10-17T16:41+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
elektron savdo
iqtisod
wildberries
savdo
yeik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/11/40040871_0:61:1401:849_1920x0_80_0_0_f6dcb1663ca05b8742f9d1161169e452.jpg
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. YeOIIda elektron tijorat yuqori sur’atda rivojlanmoqda, shu sababli bu sohada umumiy o‘yin qoidalariga ehtiyoj paydo bo‘lmoqda, dedi YeIK Bojxona, tarif va notarif tartibga solish departamenti direktori Vaagn Kazaran Ostonada bo‘lib o‘tgan "Digital Bridge 2023" forumi doirasida. Uning so‘zlariga ko‘ra, YeOIIga a’zo barcha davlatlar bozorlarida elektron tijoratning rivojlanish tezligi hamda barcha a’zo mamlakatlarda onlayn savdo qiluvchi platformalar, tovar yetishtirib beruvchilar va xaridorlarning paydo bo‘lishi YeOIIda ushbu sohaga taalluqli qoidalar ishlab chiqishni taqozo etadi. YeIK departamenti direktori ishtirok etgan sessiyada hozirda Komissiya saytida ishlab chiqilayotgan YeOIIda elektron tijorat to‘g‘risidagi bitim loyihasi, shuningdek, huquq va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.Tadbir doirasida ayni damda YeIK Departamenti tomonidan ishlab chiqarilayotgan YeOIIda elektron savdo bo‘yicha shartnoma batafsil muhokama qilindi. Shuningdek, iste’molchilar shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish, Elektron savdoni rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan omillar o‘rganib chiqildi. Anjuman ishtirokchilarining aksariyati YeOII darajasida maxsus xalqaro shartnoma tuzish orqali elektron tijoratda o‘yinning aniq va shaffof qoidalarini belgilash zarurligini qo‘llab-quvvatladi.Sessiya davomida “Ozon Kazakhtan”, "Aliexpress", "Omniva", "Kazpost" AJ, “Elektron moliya markazi” AJ kabi kompaniya rahbarlari ham so‘zga chiqdilar.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/11/40040871_73:0:1285:909_1920x0_80_0_0_9b932a06a33c04b1455cc1985f4b7093.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, elektron savdo, iqtisod, wildberries, savdo, yeik
yeoii, elektron savdo, iqtisod, wildberries, savdo, yeik
YeOIIda elektron tijorat uchun "o‘yin qoidalari"ga ehtiyoj tug‘ilmoqda — YeIK
16:25 17.10.2023 (yangilandi: 16:41 17.10.2023) YeOII vakillari Ittifoq darajasida elektron tijoratda aniq va shaffof qoidalarini belgilash zarurligini qo‘llab-quvvatladi.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. YeOIIda elektron tijorat yuqori sur’atda rivojlanmoqda, shu sababli bu sohada umumiy o‘yin qoidalariga ehtiyoj paydo bo‘lmoqda, dedi YeIK Bojxona, tarif va notarif tartibga solish departamenti direktori Vaagn Kazaran Ostonada bo‘lib o‘tgan "Digital Bridge 2023" forumi
doirasida. Uning so‘zlariga ko‘ra, YeOIIga a’zo barcha davlatlar bozorlarida elektron tijoratning rivojlanish tezligi hamda barcha a’zo mamlakatlarda onlayn savdo qiluvchi platformalar, tovar yetishtirib beruvchilar va xaridorlarning paydo bo‘lishi YeOIIda ushbu sohaga taalluqli qoidalar ishlab chiqishni taqozo etadi.
“Biz birinchi navbatda YeOII makonida tovarlarning elektron savdosi sohasida umumiy o‘yin qoidalarini o‘rnatishimiz kerak. Shunda u iste’molchilar va insofli sotuvchilar hamda yetkazib beruvchilar va elektron savdo maydonchalari manfaatlarini hisobga olgan holda shaffof va adolatli rivojlanadi”, - deya ta’kidladi Kazaran.
YeIK departamenti direktori ishtirok etgan sessiyada hozirda Komissiya saytida ishlab chiqilayotgan YeOIIda elektron tijorat to‘g‘risidagi bitim loyihasi, shuningdek, huquq va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir doirasida ayni damda YeIK Departamenti tomonidan ishlab chiqarilayotgan YeOIIda elektron savdo bo‘yicha shartnoma batafsil muhokama qilindi. Shuningdek, iste’molchilar shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish, Elektron savdoni rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan omillar o‘rganib chiqildi.
Anjuman ishtirokchilarining aksariyati YeOII darajasida maxsus xalqaro shartnoma tuzish orqali elektron tijoratda o‘yinning aniq va shaffof qoidalarini belgilash zarurligini qo‘llab-quvvatladi.
Sessiya davomida “Ozon Kazakhtan”, "Aliexpress", "Omniva", "Kazpost" AJ, “Elektron moliya markazi” AJ kabi kompaniya rahbarlari ham so‘zga chiqdilar.