Doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat qabul qilish muddati uzaytirildi

© Sputnik / Aleksey KudenkoHujjat topshirish jarayoni
Hujjat topshirish jarayoni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2023
Obuna bo‘lish
2024 yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning barcha shakllariga qabul hujjatlari joriy yil 10-noyabriga qadar qabul qilinadi.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 2024-yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat qabul qilish muddati uzaytirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘i bilan 2024-yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat qabul qilish muddatlari 10-noyabrga qadar, kirish imtihonlarini tashkil etish 30-noyabrga qadar uzaytirildi.
Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlarni olish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan qo‘shimcha tarzda joriy yilning 21-22 oktabr kunlari imtihon o‘tkaziladi.

“2024 yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning barcha shakllariga qabul hujjatlari joriy yil 10-noyabriga qadar (shu kun ham kiradi) qabul qilinadi. Kirish imtihonlari esa 30-noyabrga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, qabul hujjatlari oliy ta’lim muassasasi va ilmiy tashkilotlari mas’ullari tomonidan qabul qilinadi yoki rad etiladi. Hujjatlar belgilangan qabul muddatiga qadar tashkilotlar tomonidan qabul qilingan bo‘lishi lozim. Qabul muddati yakunlanganidan so‘ng hujjatlarni tahrirlash imkoni mavjud emas.
Yangiliklar lentasi
0