Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi e’lon qilindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSemeynaya poliklinika №22 Uchtepinskogo rayona. Arxivnoe foto
Semeynaya poliklinika №22 Uchtepinskogo rayona. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2023
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash sohasidagi asosiy prinsiplar bemor manfaatlari ustunligi, aholining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan foydalana olish imkoniyati mavjudligi kabilar bo‘ladi.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. O‘zbekiston Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasi e’lon qilindi. Kodeks jami 21 ta bob va 199 ta moddadan iborat.
Bu kodeks aholining malakali tibbiy xizmatdan foydalanishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqini ta’minlash maqsadida sog‘liqni saqlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Kodeksning asosiy vazifalari quyidagilar:
fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlashga doir huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishini ta’minlash;
fuqarolarga xavfsiz, samarali va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishni ta’minlash;
fuqarolarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ko‘maklashish;
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash;
davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi asosiy prinsiplar fuqarolarning tibbiy yordam olish huquqlarining tengligi, sog‘liqni saqlash sohasida inson huquqlariga rioya qilinishi, bemor manfaatlari ustunligi, aholining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan foydalana olish imkoniyati mavjudligi kabilar bo‘ladi.
Kodeksda fuqarolarning huquq va majburiyatlari aniq belgilab qo‘yilmoqda.
Hujjat bilan quyida to‘liq tanishish va muhokamalarda ishtirok etish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0