Shavkat Mirziyoyev Xitoyga jo‘nab ketdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev ulutel v Kitay
Shavkat Mirziyoyev ulutel v Kitay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Samarqanddga tashrifini yakunlab Xitoyga jo‘nab ketdi.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-oktabr kuni Si Szinpin taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Xitoyga jo‘nab ketdi.
"Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumida ishtirok etadi. Shuningdek, XXR Raisi Si Szinpin va Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi Van Xunin bilan muzokaralar, boshqa ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan", - deyiladi rasmiy xabarda.
Oldin xabar berilganidek, Xitoyda 17-18 oktabr kunlari "Bir makon, bir yo‘l" uchinchi xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. Unda o‘tgan 10-yillik davrda erishilgan asosiy natijalar sarhisob qilinadi, kelgusi hamkorlikning yangi vazifalari belgilab olinadi.
Sammit kun tartibida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy, “yashil” taraqqiyot, raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.
Yangiliklar lentasi
0