https://oz.sputniknews.uz/20231016/samarqandda-xalqaro-turizm-akademiyasi-tashkil-etiladi-40016824.html
Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasi tashkil etildi
Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasi tashkil etildi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Samarqanddagi “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida tashkil etilgan O‘zbekistonning turizm salohiyati ko‘rgazmasi bilan tanishdi. 16.10.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-10-16T20:13+0500
2023-10-16T20:13+0500
2023-10-17T12:16+0500
turizm
butunjahon turizm tashkiloti (yunvto)
shavkat mirziyoyev
aziz abduhakimov
bmt
samarqand
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/10/40016653_0:59:1280:780_1920x0_80_0_0_bb572150e5eded98c0748a13f8b8130d.jpg
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasi ochildi. Bu haqida bugun Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon turizm tashkiloti (YuNVTO) Bosh Assambleyasi 25-sessiyasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev e’lon qildi va shu kuni tegishli bitim imzolandi. Xalqaro turizm akademiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza va iqlim o‘zgarishi vaziri A.Abduhakimov va YuNVTO bosh kotibi Z.Pololikashvili tomonidan imzolandi.Shu kuni Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida tashkil etilgan O‘zbekistonning turizm salohiyati ko‘rgazmasi bilan tanishdi.Ko‘rgazmada O‘zbekistonning 14 hududining turizm va investitsiyaviy salohiyati namoyish etilgan. Shuningdek, Turizm qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “O‘zbekiston aeroportlari” va “O‘zbekistan vertolotlari” kabi stendlar tashkil qilingan. Undan tashqari, ushbu ko‘rgazmada umumiy qiymati 2 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar investorlarga taqdim etish rejalashtirilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/10/40016653_65:0:1202:853_1920x0_80_0_0_0d10413d89959be6910aa76db0362245.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, butunjahon turizm tashkiloti (yunvto), shavkat mirziyoyev, aziz abduhakimov, bmt, samarqand
turizm, butunjahon turizm tashkiloti (yunvto), shavkat mirziyoyev, aziz abduhakimov, bmt, samarqand
Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasi tashkil etildi
20:13 16.10.2023 (yangilandi: 12:16 17.10.2023) Prezident Samarqanddagi “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida tashkil etilgan O‘zbekistonning turizm salohiyati ko‘rgazmasi bilan tanishdi.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasi ochildi. Bu haqida bugun Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon turizm tashkiloti (YuNVTO) Bosh Assambleyasi 25-sessiyasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev e’lon qildi va shu kuni tegishli bitim imzolandi.
"Samarqandda o‘tayotgan Butunjahon turizm tashkiloti (YuNVTO) Bosh Assambleyasi 25-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida Samarqandga “Butunjahon madaniy turizm poytaxti” maqomini berish to‘g‘risida deklaratsiya hamda Xalqaro turizm akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida bitim qabul qilindi", - deyiladi xabarda.
Xalqaro turizm akademiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza va iqlim o‘zgarishi vaziri A.Abduhakimov va YuNVTO bosh kotibi Z.Pololikashvili tomonidan imzolandi.
Shu kuni Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida tashkil etilgan O‘zbekistonning turizm salohiyati ko‘rgazmasi bilan tanishdi.
Ko‘rgazmada O‘zbekistonning 14 hududining turizm va investitsiyaviy salohiyati namoyish etilgan. Shuningdek, Turizm qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “O‘zbekiston aeroportlari” va “O‘zbekistan vertolotlari” kabi stendlar tashkil qilingan.
Undan tashqari, ushbu ko‘rgazmada umumiy qiymati 2 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar investorlarga taqdim etish rejalashtirilgan.