O‘zbekiston boks federatsiyasi Osiyoda tengsiz deb topildi

© Federatsiya boksa UzbekistanaO‘zbekiston boks federatsiyasi Osiyoda tengsiz deb topildi
O‘zbekiston boks federatsiyasi Osiyoda tengsiz deb topildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston boks federatsiyasi o‘tgan 2022-yil hisobidan medallar jamg‘arish bo‘yicha Osiyo qit’asining “Yil federatsiyasi” deya tan olindi.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. O‘zbekiston boks federatsiyasi Osiyoda tengsiz deb topildi, deb xabar bermoqda federatsiya axborot xizmati.
Kuni kecha Tailand davlatining Bangkok shahrida Osiyo boks konfederatsiyasining navbatdan tashqari kongressi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu Kongressda kun tartibi bo‘yicha Osiyo boksi atrofidagi turli masalalar ko‘rib chiqilishi bilan birgalikda, 2022-yilda Osiyo mintaqasida bo‘lib o‘tgan barcha musobaqalar hisobotlari taqdim etildi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi o‘tgan 2022-yil hisobidan medallar jamg‘arish bo‘yicha Osiyo qit’asining “Yil federatsiyasi” deya tan olindi va Osiyo boks konfederatsiyasi tomonidan maxsus mukofotni qo‘lga kiritdi.

Ushbu mukofotni O‘zbekiston boks federatsiyasi raisi maslahatchisi Malik Babayev qabul qilib oldi.
Yangiliklar lentasi
0