Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 16-oktabrning asosiy voqealari

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishStrelba agitatsionnimi snaradami po pozitsiyam VSU na Severskom napravlenii
Strelba agitatsionnimi snaradami po pozitsiyam VSU na Severskom napravlenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyasi, belgilangan maqsadlar yo‘nalishida muvaffaqiyatli davom etmoqda.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligining 16-oktabr hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhining Sinkovka, Ivanovka, Novoyegorovka va Makeyevka aholi punktlari hududlarida Ukraina qurolli kuchlarining 68-yeger, 32, 44 va 115-mexanizatsiyalashgan brigadalarining o‘nta hujumni qaytardi. Dushman 85 tagacha harbiy xizmatchini, ikkita tankni, ikkita zirhli jangovar mashinasini, D-20 gaubitsasi, shuningdek, ikkita 2S1 "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasini yo‘qotdi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" guruhi qo‘shinlari UQKning 67-mexanizatsiyalashgan brigada va 12-maxsus "Azov" (Rossiyada taqiqlangan) brigadasining ikkita hujumini qaytardi. Shuningdek, Torskoe, Serebranka va Grigorovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli Kuchlarining shaxsiy tarkibi va texnikasiga zarba berildi. Dushman yo‘qotishlari 65 nafar harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, bitta yuk mashinasi va ikkita D-30 gaubitsasini tashkil etdi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi bo‘linmalari Klesheyeevka, Andreyevka va Mariinka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining o‘nta hujumini qaytardi.
Rossiya aviatsiyasi UQKning Belogorovka, Kurdumovka, Belaya Gora va Georgiyevka aholi punktlari hududlarida joylashgan 10-tog‘ hujum, 53, 93 va 110-mexanizatsiyalashgan brigadalarining shaxsiy tarkibi va texnikasiniga zarba berdi. Dushmanning 460 nafargacha askari halok bo‘ldi va yaralandi. Uchta tanki, ikkita zirhli jangovar mashinasi va 12 ta boshqa texnikasini yo‘qotdi.
Artilleriyaga qarshi jangda AQShda ishlab chiqarilgan ikkita M777 artilleriya tizimi, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, ikkita D-20 va "Akatsiya" o‘ziyurar gaubitsasi yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, DXRning Slavansk shahri hududida Ukraina Qurolli Kuchlarining 54-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlari bo‘linmalari Ukraina Qurolli Kuchlarining 58, 72-mexanizatsiyalashgan brigadalari, 128-hududiy mudofaa brigadasining ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi. Dushmanning yo‘qotishlari 70 dan ortiq harbiy xizmatchi, ikkita mashina, "Giatsint-B" va "Msta-B" gaubitsalarini tashkil etdi.
Zaporojye viloyatidagi Zeleniy Gay va Alekseyevka aholi punktlari hududlarida ikkita o‘q-dori ombori yo‘q qilindi, Verbovoe qishlog‘i hududida dushman hujumi qaytarildi. Malaya Tokmachka va Novodanilovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining ishchi kuchi va texnikasiga zarba berildi. Dushman yo‘qotishlari 55 nafar harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina va ikkita yuk mashinasini tashkil etdi.
Artilleriyaga qarshi jang paytida AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasi yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida masofadan berilgan zarba natijsida Ukraina Qurolli kuchlari 65 tagacha harbiy xizmatchi, 12 ta mashina, D-30 gaubitsasi va elektron kurash radar stansiyasini yo‘qotdi. Xerson shahri va Nikolskoe qishlog‘i hududida ikkita o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi. Bundan tashqari, "Korabelka" orolida Ukraina diversion guruhi faoliyati bostirildi.
Rossiya aviatsiyasi UQKning 119 ta hududda joylashgan ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarba berdi. DXRning Sergenvka aholi punkti hududida havo nishonini aniqlash va kuzatuvchi P-18 radar stansiyasiga zarba berildi.
Xmelniskiy viloyatidagi Starokonstantinov aerodromida raketa va artilleriya qurollari omborlari va aviatsiya yoqilg‘isi omborlari zarba berdi. Bundan tashqari, Poltava viloyatidagi Mirgorod aerodromida aloqa punkti vayron qilindi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari Arxangelsk, Dmitrovka va Zvoneskiy tumanlarida Ukraina Harbiy-havo kuchlarining ikkita Mig-29 qiruvchisi va bitta Su-25 hujumchi samolyotini urib tushirdi. Ikkita AQShda ishlab chiqilgan HIMARS ko‘p raketali tizimi raketalari tutib olindi. Shuningdek, Berestovoe, Belogorovka, Vasilevka, Yelenovka, Kamenskoe, Mirnoe, Aloshki va Krinkida 31 ta uchuvchisiz apparat yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Ukraina jami: 491 ta samolyot, 250 ta vertolot, 7919 ta uchuvchisiz uchish apparati, 441 ta zenit-raketa majmuasi, 12 673 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1163 ta ko‘p raketali tizim jangovar texnikasini, 6788 ta dala artilleriya tizimlari va minomotlar, shuningdek, 14 356 dona maxsus harbiy avtomobillaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0